Matbuot sharhlari 18.07.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2012755
Matbuot sharhlari 18.07.2023

 

Hurriyat gazetasi: “Prezident Erdog'andan don yo’lagi bo’yicha bayonot” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Saudiya Arabistoniga safari oldidan OAVga intervyu berdi.

Don yo'lagi bo’yicha savollarga javob bergan Erdo’g’an, "Men ishonamanki janob Putin bu gumanitar ko'prikning davom etishini xohlaydi. Safardan qaytganimda Putin bilan gaplashaman. Avgust oyida mamlakatimizda uchrashganimizda bu masalalarni batafsil muhokama qilamiz”,-dedi.

 

Star gazetasi: Yevropa Ittifoqidan Turkiyaga e’tibor” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Yevropa Ittifoqi komissiyasi raisi Ursula von der Leyen, Turkiyaning sa'y-harakatlariga qaramay, Rossiya don yo’lagi kelishuvini bekor qilganini qattiq qoralaganligini aytdi.

 

Sabah gazetasi: “Turkiya va Saudiya Arabistoni o'rtasida 5 ta yangi shartnoma” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Erdog’an va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad Bin Salmon boshchiligidagi delegatsiyalararo uchrashuvlar ortidan to’g’ridan-to’g’ri investitsiya, mudofaa sanoati, energetika, mudofaa va kommunikatsiya sohalarida kelishuvlar imzolandi.

 

Xabar turk gazetasi: “Sabiha Gokchen aeroporti bir hafta ichida ikkita yangi rekordga erishdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Istanbuldagi Sabiha Gokchen xalqaro aeroporti shu hafta ikki marta rekordni yangiladi va 14 iyul kuni 123 ming 449 yo'lovchi bilan o'rnatgan rekordni 16 iyul kuni 674 reysda 123 ming 607 nafarga oshirdi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Turkish Cargo uchinchi oʻringa koʻtarildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, THYning havo yuk markasi “Turkish Cargo” may oyida katta muvaffaqiyatga erishdi. U dunyoning yetakchi havo yuk tashuvchilari orasida uchinchi o‘rinni egalladi.

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar