Matbuot sharhlari 14.07.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2011140
Matbuot sharhlari 14.07.2023

 

Star gazetasi: “Butun dunyo Erdog'anni gapirmoqda: NATO sammitining qahramoni” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Litva poytaxti Vilnyusda o’tkazilgan NATO sammitida Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an butun dunyo diqqat e’tiborida bo’ldi. Xorijiy matbuotda “NATO sammiti qahramoni Turkiya prezidenti”, “Vilnyus: Erdog’an mutlaq g’olib”, “Erdog’an o’z maqsadlariga intilayotgan usta” kabi sarlavhalar bilan xabarlar chop etildi.

 

Sabah gazetasi: “Erdo’g’an: Yevropa Ittifoqi o’z va’dasida tursa, biz ham harakatga tushamiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, sammitida Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an, NATO sammitidan so'ng yurtga qaytayotgan samolyotda jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a'zolik jarayoni haqida, "Turkiya sifatida biz har doim bergan va'dalarimizda turdik, turamiz. So'ngra va'dalar amalga oshishiga ko'ra, biz ham harakat qilishni boshlaymiz”,-dedi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Turkiya eksporti tarixida bir ilk” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Savdo vaziri O'mer Bolat, Turkiyaning jahon savdosidagi ulushi tarixda birinchi marta 1 foizdan oshganini ma'lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Turkiya eksporti 2023 yilning birinchi choragida 225,2 milliard dollarga yetdi.

 

Xabar turk gazetasi: “Zeugmadagi qabr stelasi qaytarildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy, Gaziantepda Italiyadan olib kelingan Zeugma qabr stelasini topshirish marosimida ishtirok etdi. Ersoy, oxirgi 20 yil ichida turli mamlakatlardan 12 ming 16 ta asar Turkiyaga qaytarilganini aytdi.

 

Hurriyat gazetasi: “Istanbul Yevropaning sevimli shaharlari orasida 1-o‘rinda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, AQShda joylashgan Travel and Leisure (T+L) sayyohlik va dam olish jurnali o‘quvchilari tomonidan tanlangan Yevropaning 2023-yilgi 15 ta sevimli shahri ro‘yxatida Istanbul 1-o‘rinni egalladi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar