Matbuot sharhlari 24.08.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1871782
Matbuot sharhlari 24.08.2022

 

Hurriyat gazetasi: “Erdog’an: Isroil bilan tashlangan qadamlar Falastinni qo’llab-quvvatlashimizga to’sqinlik qila olmaydi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an, kecha Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos bilan qo’shma matbuot anjumani o’tkazdi.

“Isroil bilan munosabatlarimizda tashlangan qadamlar Falastinni qo’llab-quvvatlashimizga to’sqinlik qila olmaydi”,-dedi Erdo’g’an matbuot anjumanida so’zlagan nutqida.

 

Yeni shafak gazetasi: “Gretsiya turk F-16 samolyotlariga halaqit berdi. Kerakli javob berildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya milliy mudofaa vazirligi, Sharqiy O'rta Yer dengizida NATOda faoliyat olib borgan turk samolyotlariga Gretsiyaning F-16 samolyotlari tomonidan radarni qulflagan holda halaqit berganligini ma'lum qildi. Gretsiyaga kerakli javob berilgani va samolyotlar hududdan uzoqlashtirilgani ma’lum qilindi.

 

Sabah gazetasi: “Hulusi Akar Ostin bilan muloqot qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar kecha Amerika Qo'shma Shtatlari Mudofaa vaziri Lloyd Jeyms Ostin bilan telefon orqali muloqot qildi. Muloqotda mudofaa va xavfsizlik masalalari, xususan, Ukrainadagi o'zgarishlar, terrorizmga qarshi kurash, F-16 samolyotlarini yetkazib berish haqida fikr almashildi.

 

Xabar turk gazetasi: “Rassel Krouning "Turkiyaga boring" taklifi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Oskar mukofoti sovrindori Rassel Krou o‘zining Twitter’dagi sahifasida o‘z muhlislariga murojaat qildi. Turkiyani maqtagan taniqli aktrisa, "Qanday maftunkor va go'zal mamlakat... Agar Turkiyaga hech qachon bormagan bo'lsangiz, haqiqatan ham borish uchun reja tuzing" dedi.

 

Star gazetasi: “Inglizlar Turkiyani afzal ko’rdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra,  Turkiya turizmda yangi rekordlarni yangilashda davom etmoqda. Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko’ra, Turkiyaga kelgan ingliz sayyohlar soni o’tgan yilga nisbatan 21 barobardan ziyod ortib, 1 million 810 mingdan oshdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar