Matbuot sharhlari 17.04.2020

Sog'liqni saqlash vazirligi Koronavirus ilmiy  kengashi  a'zosi  Professor. Doktor Levent Yamanel,  Koronavirusning dunyoda o'sish sur’ati davom etar ekan  Turkiyada bu tezlik sur’ati pasaydi .

1399956
Matbuot sharhlari 17.04.2020

Matbuot sharhlari 17.04.2020

Yeni Shafak  : "Turkiyada virusi o'sish sur'ati  pasaydi"

Sog'liqni saqlash vazirligi Koronavirus ilmiy  kengashi  a'zosi  Professor. Doktor Levent Yamanel,  Koronavirusning dunyoda o'sish sur’ati davom etar ekan  Turkiyada bu tezlik sur’ati pasaydi . Yamanel, intensiv terapiyadagi  bemorlarning soni kamayib borayotganini aytib, "Buning ikkita sababi bordir; birinchidan, biz dori-darmonlarni erta davrda boshlaganimiz  va kasallikni tezda aniqlaganimiz” uchundir deya qayd etdi.

Habar turk gazetasi: “Silga qarshi emlash kutilgan koronavirus vaksinasi bo’lishi mumkin”

Ko'krak kasalliklari bo'yicha mutaxassis Dots. doktor Shevket O'zkaya sil  kasalligida ishlatilgan BCG vaksinasi korona virusini davolashda samarali bo'lishi mumkinligini ma'lum qildi. O'zkaya, virus BCG vaksinasi kiritilmagan Yevropa mamlakatlarida virusning  tez tarqalganini  bildirdi.  O’zkaya  Xitoyda  ushbu emlashdan foydalangani uchun  qurbon soni infeksiyaga yuqtirganlarga ko’ra  yana oz deya bildirib Turkiyada go'daklik davrida BCG emlash tatbiq etilganini ma’lum qildi.

Hurriyat: "Sog'liqni saqlash vazirligidan dunyo  yagona ijod"

Sog'liqni saqlash vazirligi kovid-19 tarqalishiga qarshi kurashda birinchi saflarda  o’rin olgan  tibbiyot xodimlarining ruhiy salomatligini himoya qilish va qo'llab-quvvatlash uchun mobil dasturni ishga tushirdi. Tibbiyot xodimlari pandemiya kasalligiga qarshi kurashda o’zlarini yolg'iz his etmasliklari  va kuchli bo’lishlari uchun  ishlab chiqarilgan ruhiy salomatlikni qo'llab-quvvatlash tizimi mobil qurilmalarni mobillariga yuklab olinmoqda. Tibbiyot xodimlariga  video qo'ng'iroqlar va qo'llab-quvvatlash bilan ta'minlamoqda” deya qayd etdi.

Vatan: "Milliy birdamlik kampaniyasiga yordam  miqdori 1,7 milliard liraga yaqinlashdi"

Kovid-19ga qarshi olingan chora- tadbirlar doirasida  Prezident  Rajap Tayyip Erdo’g'an, rahnamoligida “Biz bizga yetamiz Turkiyam”  shior bilan boshlatilgan milliy birdamlik kampaniyasiga   Nohukumat  tashkilotlar, ish olami, xayriya va fuqarolarning  yordamlari kun sayin  ortib bormoqda kampaniyaga bugugunga  qadar 1 milliard 689 million 101 ming 146 liralik  xayriya to'plangan.

Star: "  Liviya taqdirini o'zgartirgan himoya:  Tripolini  Turkiya himoya qildi"

 Liviyada to'ntaruvchi  Hafterga qarashli militsiya kuchlari  bilan  poytaxt Tripoliga hujum qilib qo’lga olish  uchun buyruq berganlaridan beri bir yil o'tdi. Turkiya bilan borgan kelishuv va Anqaraning ta’min etgan harbiy yordamlar bilan o’zini tiklab olgan  Milliy yarashuv hukumati. Tripolining  mag’lub bo’lishining oldini oldi. Turkiya bergan qurolli uchuvchisiz havo vositalari (SİH A)lar parvoz qilgan hududlarda, Hafter kuchlari harakat qila olmas holga keldi. Tripolidan Tunisgacha bo'lgan yo'nalish UMHning  qo'liga tushdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yangiliklar , #matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar