Matbuot sharhlari 31.07.2019

Turk matbuotidan sharhlar...

1245464
Matbuot sharhlari 31.07.2019

 

 

Yeni shafak gazetasi: “Chavushog’li: S-400lar NATOga tahdid solmaydı” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Rossiyadan xarid qilingan S-400 majmualari haqida shunday dedi:

“S-400 majmualari NATO uchun biron muammo yaratmaydı. Turkiya bir necha sohada NATOning faoliyatlariga hissa qo’shmoqda. S-400 masalasi Turkiya-NATO munosabatlarini emas, balki Turkiya-AQSh munosabatlarini qiziqtiradigan masala”,-dedi.

 

Xabar turk gazetasi: “Berat Albayrak: Turkiyaga ishongan investorlar yutib chiqdi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya hazina va moliya vaziri Berat Albayrak iyun oyida birinchi bor yillik joriy ortiqcha yuzaga kelishini, Turkiyaning byudjet va boshqa barcha iqtisodiy rejalari jihatidan yilning 2-yarmi ijobiy natijalarga boy bo’lishini ta’kidladi.

“May oyidan buyon Turkiyaga xorijlik investorlar 10 mlrd dollardan ziyod sarmoya kiritdi. Turkiyaga ishongan investorlar yutuqli bo’ldi”,-dedi Berat Albayrak.

 

Star gazetasi: “Malayziya mudofaa sanoatini rivojlantirish uchun Turkiya bilan hamkorlikka moyil” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Malayziya mudofaa vaziri Muhammad Sabu Penang shtatidagi bir tadbirda Turkiyaning mudofaa sanoatidagi yutuqlari haqida yaxshi so’zlarni tilga oldi.

Uning ta’kidlashicha, Malayziya o’z mudofaa sanoatini rivojlantirish uchun Turkiya bilan yaqin hamkorlik qilishga tayyor.

 

Hurriyat gazetasi: “Eng foydali shaharlar aniqlandi. Ro’yxatda Turkiyadan 5 ta shahar bor” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, dunyoda olib borgan tadqiqotlari bilan tanilgan ma’lumotlar bazasi Numbeo yilning eng foydali shaharlarini e’lon qildi. Ushbu ro’yxatda Turkiyaning 5 ta shahri o’rin olgan. Bular Bursa, Antaliya, Izmir, Istanbul va Ankara bo’lib hisoblanadi.

Ro’yxat tuzilar ekan, shaharlardagi yashil ko’kalamzor maydonlar, sport komplekslarining sifati, havo va suvining tozaligi, semizlik nisbati, mehnat va shaxsiy hayot muvozanati kabi shartlar diqqatga olindi.

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot sharhlari , #Turkiya

Aloqador xabarlar