Matbuot sharhlari 18.07.2019

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1237786
Matbuot sharhlari 18.07.2019

                              

Yeni shafak gazetasi: “Prezident Erdo’g’anning Erbildagi hujumga munosabati” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Erbilda Turkiya elchixonasi xodimlariga nisbatan sodir etilgan qurolli hujumni qoraladi.

“Hujum javobgarlarini darhol qo’lga olish uchun Iroq hukumati vakillari va mahalliy boshqaruvchilar bilan hamkorlikda faoliyat olib borilmoqda”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

 

Star gazetasi: “Turkiya Qurolli kuchlari PKKning Iroqdagi tarqalish siyosatini oldini oldi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Iroqning Turkiya va Eron chegara hududlarida 29 yildan buyon 800 qishloqni ishg’ol qilgan terror tashkiloti PKK Turkiya Qurolli kuchlarining operatsiyasi oldida sarosimaga tushgan vaziyatda va chorasizlik.

Turkiya Qurolli kuchlarining milliy razvedka tashkiloti bilan Iroqda terror tashkilotiga qarshi olib borayotgan operatsiyasi natijasida PKK jangarilarining harakatlanish doirasi cheklandi, shu bilan birga ularning tarqalish siyosatiga ham zarba berildi.

 

Sabah gazetasi: “AQSh medyasida Turkiya analizi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiyaning Rossiyadan S-400 majmualarini olib kela boshlashi AQSh matbuotida katta shov-shuvga sabab bo’ldi. Amerika medyasida tahlilchilarning yozishicha, Turkiya AQShning tahdidlariga bo’yin egmadi.

 

Hurriyat gazetasi: “To’rtinchi kema yo’lga otlanmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya Yevropa ittifoqining sanksiyalariga qaramasdan, Kipr hududida geologiya-qidiruv faoliyatini yanada kuchaytirmoqchi. Turkiya Kipr hududida geologiya-qidiruv faoliyatini amalga oshirish uchun to’rtinchi kemasini sharqiy O’rta yer dengiziga yubormoqda. Bundan avval “Fotih”, “Yovuz” va “Barbaros” nomli kemalar hududga yetib borgan edi. Endilikda “Oruch Reis” kemasi Kipr hududida geologiya-qidiruv faoliyatini amalga oshirish maqsadida yo’lga otlanmoqda.

 

Vatan gazetasi: “THY Baliga parvozlarni boshladi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turk Havo Yo’llari milliy aviakampaniyasi Indoneziyaning ta’til oroli Baliga tarifli parvozlarni boshladi. To’g’ridan amalga oshiriladigan parvozlar haftada 7 reysni tashkil qiladi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #Turkiya , #Matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar