Matbuot sharhlari 10.07.2019

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1233228
Matbuot sharhlari 10.07.2019

 

                                

Hurriyat gazetasi: “Prezident Erdo’g’anning Sarayevodagi muhim ifodalari” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Bosniya-Gersegovinaga tashrifi chog’ida, “Yevropa Ittifoqi davlatlari bir to’da qochqinni ham sig’dira olmas ekan, Turkiya 4 mlndan ortiq qochqinga mezbonlik qilmoqda”,-dedi.

Yevropa qit’asining xavfsizligiga beqiyos hissa qo’shganligini ma’lum qilgan Erdo’g’an: “Bu murakkab jarayonda yevropalik hamkorlarimizdan kutgan yordamni va odamgarchilikni ko’ra olmadık. Suriyalik qochqinlar uchun berilgan va’dalar bajarilmadi”,-dedi.

Sabah gazetasi: “Turkiya dunyoning logistika bazasiga aylanmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Osiyo va Yevropa o’rtasida qayta tiklanadigan zamonaviy Ipak yo’li chorrahasida joylashgan Turkiya Xitoydan Buyuk Britaniyaga tomon ketgan temir yo’li loyihasi asosida 21 ta logistika markazini barpo etmoqda. 9 nafari qurib bitkazilgan markazlar kunda 2 mlrd dollarlik tovar savdosining bazasiga aylanadi.

Vatan gazetasi: “Dijital markaziy bank puli” kuchga kiradi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, 11-taraqqiyot rejasi asosida, Turkiyada davlat strukturasi mustahkam bo’lgan finans sektorini tashkil qilish uchun vosita turlari ko’paytiriladi. Reja asosida dijital markaziy bank puli faoliyati kuchga kiradi.

Star gazetasi: “Turk olimi yuz chehrasini tanish texnologiyasi bilan G20 va BMTga qadam bosdi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, turk dotsent Sadi Vural 20 davlatda qo’llanilayotgan yuz chehrasini tanish sistemasini ixtiro qildi. O’tgan yili Argentinada o’tkazilgan G20 sammitida ilk marta davlat rahbarlarining dublyorlarining bor yoki yo’qligini aniqlash maqsadida ushbu texnologiyadan foydalanildi.

Yeni shafak gazetasi: “San’at qochqinlar yo’lini yoritadi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Istanbul 1-Xalqaro san’at madaniyatlari festivaliga mezbonlik qilmoqda. Birinchi bor o’tkazilayotgan festivalga 25 davlatdan jami 250dan ortiq san’atkor ishtirok etmoqda. Festivaldan tushgan barcha mablag’ suriyalik qochqinlarga safr etiladi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar