Matbuot sharhlari 11.06.2019

Bugungi gazetalardan sharhlar...

1216432
Matbuot sharhlari 11.06.2019

 

 

Yeni shafak gazetasi: “Sharqiy O’rta yer dengizida tadbiqot” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya Qurolli kuchlari sharqiy O’rta yer dengizida Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bilan hamkorlikda qidiruv-qutqaruv tadbiqotini boshladi. Tadbiqotda Kipr turk kuchi o’z taktik operatsiyasini namoyish qiladi. Shuningdek, Turkiya mintaqadagi haq-huquqi va manfaatini himoya qilishga doimo tayyor ekanligi ko’rsatiladi. Tadbiqot 13 iyun, payshanba kuni o’z nihoyasiga yetadi.

Xabar turk gazetasi: “Tibbiyotning nufuzli mukofoti doktor Emre Ojakka topshirildi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, eshitish qobiliyatini yo’qotish va quloq kasalliklari bo’yicha standardlarni belgilovchi Politzer uyushmasi jahon miqyosida quloq, burun, tomoq kasalliklari bo’yicha tadqiqotlar jihatidan eng nufuzli mukofotlardan biri Politzer mukofotini bu yil Ankara universitetida Lor kasalliklari kafedrasi mudiri doktor Emre Ojakka topshirdi.

Emre Ojak “Quloqqa nanopartikul usuli bilan dori quyish” mavzusida olib borgan ilmiy tadqiqoti munosabati bilan ushbu nufuzli mukofotga loyiq deb topildi. Ushbu ilmiy izlanuvdan olingan natijalar asosan eshitish qobiliyatining yo’qolishi va boshqa bir qator muvozanat buzuqligi kabi kasalliklarni davolashda qo’llaniladi.

Star gazetasi: “Turk Havo Yo’llari Milliy aviakompaniyasi uchuvchi lavozimiga tanlov e’lon qildi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, “Turk Havo Yo’llari” milliy aviakampaniyasi yosh malakali uchuvchilarga bo’lgan ehtiyojni ta’minlash maqsadida o’z uchuvchilarini o’zi yetishtirish faoliyatini yo’lga qo’ydi. Shu maqsad bilan milliy aviakompaniya uchuvchi lavozimiga tanlov e’lon qildi. Tanlovga murojaatlar 2019 yil 29 avgust kuni soat 15:00ga qadar davom etadi.

Vatan gazetasi: “Britaniya qiroliyat xonadoni dasturxonida turk gilosi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiyaning Bursa shahriga qarashli Inego’l tumanida Napalion gilosi hosil bermoqda. Bu yil Buyuk Britaniya, Rossiya, Germaniya va Ukrainaga jami 3000 tonna gilos eksport qilinadi.

Turk gilosidan ingliz qiroliyat oilasiga ham yuborildi. O’tgan yili Turkiyaning Inego’l tumanidan xorij davlatlarga 800 tonna gilos mahsuloti eksport qilingan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #gazeta , #matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar