Matbuot sharhlari 06.02.2018

Bugungi gazetalardan sharhlar...

904612
Matbuot sharhlari 06.02.2018

                              

Star gazetasi, “59 yillik sammitdan Al-Quds kelishuvi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, 59 yil oradan so’ng Turkiyadan Vatikanga prezident sifatida ilk ziyoratini amalga oshirgan prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an Al-Qudsning maqomini BMT qarorlari va xalqaro huquq asosida saqlab qolish zarurligini tilga oldi.

“WhatsAppga yangi raqib PTT Messenger” deb yozadi Yeni shafak gazetasi.

Turkiya hukumat kotibi Bekir Bo’zdag’ PTT boshqarmasi “PTT Messenger” nomli xabarlashuv tarmog’ini ishlab chiqdi.

“WhatsAppning mahalliy varianti. 100% mahalliy va milliy dasturiy ta’minot. Davlat idoralari bundan foydalanadi. Keyinchalik fuqarolarga ham foydalanish imkoniyati beriladi. Bu aloqa tarmog’ida shaxsiy ma’lumotlarga erishib bo’lmaydi. WhatsAppga qaraganda yana ham ishonchli”,-dedi Bekir Bo’zdag’.

“PttMessenger”ni birinchi bo’lib bosh vazir Binali Yildirim amalda sinab ko’rdi.

Binali Yildirim bu tarmoq bilan Afrindagi turk askarlarga bog’lanib, ular bilan jonli muloqot qildi.

 “Bir xonali inflyatsiya uchun g’ayratimizni oshiramiz”,-deb yozadi Vatan gazetasi.

Turkiya bosh vazir o’rinbosari Mehmet Shimshek: “Hukumat inflyatsiyani bir xonali raqamga tushirish uchun g’ayratini oshirishi kerak”,-dedi.

“Antaliyada hind to’yi mavsumi” deb yozadi Sabah gazetasi.

Xabarga ko’ra, Antaliyada hind to’yi mavsumi boshlandi. Rang-barang toshlar bilan bezatilgan taxtlar kelinlar uchun xizmatga tayyor.  Antaliyaning Belek tumanidagi turizm markazida 5 yulduzli mehmonxonada 3 kun 3 kecha to’y qilindi.

Hindlarning urf-odatiga mos qilib o’tkazilgan to’yga 1 mln dollar mablag’ sarflandi.

Markazdagi organizatorlardan biri “Bu o’rta me’yordagi to’ylardan biridir. Aprelda 15 mln dollarlik to’y o’tkaziladi. Bu to’y dunyoda katta shov-shuvga sabab bo’ladi deb o’ylayman”,-dedi.

Hurriyat gazetasi “56 davlatga mato eksport qilinmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiyaning Gaziantep viloyatida 21 yil oldin qurilgan Mo’g’ul tekstil fabrikasi 56 davlatga 65 mln dollar hajmida mahsulot eksport qilmoqda.

Fabrika so’ngi texnologiya mahsulotlari bilan jihozlanganligini tilga olgan Mo’g’ul tekstil fabrikasi rahbari Serkan Go’g’ush “2017 yili 121 mln dollar daromad qildik”,-dedi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #matbuot sharhlari , #gazeta

Aloqador xabarlar