Matbuot sharhlari 26.10.2017

Turkiya genetikasi o'zgartilmagan uslubda paxta ishlab chiqargan birinchi davlat.

834684
Matbuot sharhlari 26.10.2017

Hurriyat gazetasi, "PKK terror tashkilotiga qarshi birga kurash olib boramiz" deb chop etmoqda.

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Iroq bosh vaziri Haydar Al-Ibodini Prezidentlik Kulliyasida qabul qildi. Erdo'g'an, Ibodi bilan bo'lib o'tgan uchrashuv ortidan mushtarak matbuot yig'ililishi o'tkazdi. Erdo'g'an, yig'ilishda bergan bayonotida, terror tashkiloti Daishga qarshi Iroq qo'shini olib borgan kurashning samara berganini, lekin Daishdan tozalangan joylarga terror tashkiloti PKKning joylashish g'ayrati bo'lganini izohladi. Erdo'g'an, "PKKning Iroqda tashkilotlanganini bilamiz. Qandil kabi, Sinjar kabi, PKKning borligi bahs mavzusi. Bu yerlarda bizlar birgamiz" dedi. 

Sabah gazetasi, "Iqtisodiy raqamlardan kutilmagan o'sish" deb yozmoqda. 

Bosh vazir Binali Yildirim, Izmirda Egey Iqtisodiy Hamkorlik forumida so'zlagan nutqida Turk iqtisodiyotining rivojlanish ulujining 7 % bo'lishi mumkinligini bildirdi. Yildirim, "2017 yili Turkiyaning yo'lini ochib muhim qarorlar berdik. Iqtisodiy o'sish ortishga boshladi. Turkiyaning 2018- yili, 2017-yiliga qaraganda yana ham yaxshi bo'ladi. Uchinchi choyrakda G-20 davlatlari orasida eng kop rivojlangan bir davlat bo'ladi. Xalqaro reyting agentliklari Turkiyaning iqtisodiy o'sishini bashorat qilish mavzusida soyada qoladi" deb ifoda etdi.

Star gazetasi "Turkiya genetikasi o'zgartirilmagan paxta ishlab chiqarish sohasida birinchi o'rinda" deb xabar qilmoqda.

Turkiya, oddiy yo'llar orqali ishlab chiqarilgan urug'lar bilan dunyoda eng ko'p paxta tolasi ishlab chiqargan bir davlat. Turkiya, Jumhuriyat tashkil topgan yillardan beri paxta sohasida izlagan tadqiqotlar bilan, genetikasini almashtirilmasdan oddiy uslubda moshina bilan paxta terishga mos, yuqori samarali va chidamli paxta urug'i ishlab chiqarmoqda.

Xabar Turk gazetasi, "Turkiya, Yevropa Ittifoqiga moshina eksport qilish sohasida birinchi o'rinda" deb chop etmoqda.

Turk avtomobilsozlik sanoati sohasi ketma ket rekord o'rnatmoqda, muvozanatli va davomli o'sib borgani kuzatilmoqda. Turkiya YI avtomobil eksport qilish mavzusida Yaponiya, Janubiy Koreya va AQSh kabi davlatlarni o'tib birinchi o'rinni egalladi. YI davlatlariga o'tgan yili 45,7 milliard yevro qiymatga ega 3,4 million avtomobil eksport qilgandir.

Vatan gazetasi, "Milliy qidiruv portali" deb yozmoqda.

So'ngi zamonlar virtual xizmatlarga alohida ahamiyat betgan Turkcell, mahalliy diqiruv portali "Yaani"ni tanitib o'tdi. Hozirgi kungacha kuchga kirgan birinchi mahalliy internet qidiruv portali bo'lgan Yaani, mobil sozlamalar orqali xizmatga beradi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar