Matbuot sharhlari 19.10.2017

Bugungi gazetalardan xabarlar...

830326
Matbuot sharhlari 19.10.2017

                               

Sabah gazetasi, “Erdo’g’andan Barzaniyga: Sening Kerkukda nima ishing bor?” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti R.T.Erdo’g’an Iroq shimolida mintaqaning tuzilishini e’tiborga olmasdan o’zboshimchalik bilan harakat qilgan Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi tarix oldida javob berishini tilga oldi.

Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi rahbari Mesud Barzaniy Kerkukdagi demokrafik tuzilishini o’zgartirish niyatini qoralagan Erdo’g’an: “Sening Kerkuk meniki deyishga nima haqqing bor? Shu sababdan Iroqda qon to’kilishining javobgari mintaqaviy boshqaruvdir”,-dedi.

“PKK kabi qo’li qon terror tashkilotlariga sharoit yaratganlarni kechirmaymiz”,-deydi Turkiya prezidenti.

Yeni shafak gazetasi “BMTdagi 5 davlat bilan hal qilib bo’lmayotir” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim BMT Afg’oniston, Falastin, Kipr va boshqa bir qator davlatlardagi muammolarni hal qila olmaganini tilga oldi.

“BMT xavfsizlik kengashiga doimiy a’zo 5 ta davlat mavjud. Bular dunyodagi muammolarni hal qila olmayotirlar. Ba’zilari muammoli davlatlarga yon bosgan holda yechim jarayonini oqsatmoqda”,-deydi Binali Yildirim.

Vatan gazetasi, “Turkiya dunyoni hayratga soldi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya iqtisodiyoti joriy yilning dastlabki yarmida 5% rivojlanishi va yuqori ko’rsatgichlar xalqaro tashkilotlarning taxminlarini qayta ko’zdan kechirishiga turtki bo’ldi.

Xalqaro valyuta fondi IMF rivojlanish taxminini ikki barobarga oshirishi bilan bu safar Jahon banki ham hisobotini takror ko’zdan kechirishga qaror berdi.

“Turkiyaning bu yilgi rivojlanish taxminini balki Xalqaro valyuta fondining taxminiga o’xshash shaklda 5 yoki 5.1% sifatida o’zgartiramiz. Chunki, ikkinchi chorakda kuzatilgan yuqori ko’rsatgich uchinchi chorakda ham davom etishini istaymiz”,-deydi Jahon bankining Turkiyadan mas’ul direktori.

Jahon banki iyun oyidagi hisobotida Turkiyaning iqtisodiy rivojlanish taxminini 3%dan 3.5%ga chiqargan edi.

Star gazetasi, “Rossiyaga pomidor eksporti dekabrda boshlanadi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Rossiya va Turkiya hukumatlararo qo’shma komissiya rahbari va Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak 4 ta turk shirkatiga Rossiyaga 50 ming tonna pomidor olib kelishiga ruxsat berilganini ma’lum qildi.

Bu jarayon 1 dekabrdan e’tiboran amalga oshiriladi.

Shuningdek, Rossiya va Turkiya vakillari 21 oktyabrda bo’lib o’tadigan hukumatlararo komissiya yig’ilishida tovuq va qoramol go’shtini Turkiya bozoriga sotish masalasini muhokama qiladi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari , #xabarlar

Aloqador xabarlar