Matbuot sharhlari 12.05.2017

Prezident Rajab Toyib Erdo'g'an Xitoyga jo'nab ketdi, safarini Amerika bilan davom etadi.

730894
Matbuot sharhlari 12.05.2017

Hurriyat gazetasi, "Dalillar papkasi" deb yozmoqda.

Donald Trump boshqaruvining, Rakka harakati uchun terror tashkiloti PKKning Suriyadagi bo'limi YPG qurol berish qarorini tasdiqlagandan keyin Prezident Rajab Toyib Erdo'g'anning 16-17 May kuni amalga oshiradigan Amerika safariga qaratildi. Erdo'g'anning, razvetka tomonidan tayyorlangan ma'lumotlar bilan borgani bildirildi. AQSh va NATO o'lkalarining YPGga bergan qurollar ro'yxati ham bo'lgan bu papkada, qayd raqami o'chirilgan AQSh, Germaniya va Angliyaning ham inventarizatsiyasi mavjud. Shuningdek buning qanday qilib Turkiyaga kiritilgani va topilgani ham kun tartibida.

Xabar Turk gazetasi "Prezident Erdo'g'an bugun Xitoy safarini boshlatdi" deb chop etmoqda.

Prezident Rajab Toyib Erdo'g'an, 14-15 May kunlari orasida Pekinda bo'ladigan 'Bir Qutb Bir Yo'l' xalqaro forumiga ishtirok etib Xitoy Xalq Respublikasi Rahbari Shi Jinpi bilan o'zaro uchrashuvlar amalga oshirish maqsadida Xitoyga jo'nab ketdi. Erdo'g'an, 14 May kuni 'Bir Qutb Bir Yo'l" xalqaro forumining yuqori darajali dialog yig'ilishida, 15 May kuni liderlar yig'ilishida so'zga chiqadi.

Sabah gazetasi, "Milliy raketa Bora maqsadni to'g'ri nishonga oldi" deb yozmoqda. 

Milliy mudofaa vaziri Fikri Ishik, Turkiyaning ilk milliy raketasi Boraning Sinopda muvaffaqiyatli shakilda sinovdan o'tkazilganini ma'lum qildi. Sinopdan otilgan Bora, Qoradengizda maqsadni to'g'ri nishonga oldi. Shunday qilib 280 kilometr masofaga tushgan raketa o'z kuchini ko'rsatdi.

Vatan gazetasi "Somaliyadagi Turk bazasi Sentyabr oyi xizmatga o'tadi" deb chop etgan.

Londonda Somaliya mavzuli konferensiyada so'zlagan Bosh vazir Binali Yildirim, "Esh-Shababga qarshi kurash olib borish uchun muntazam bir qo'shin kerak. Bu doirada, Somaliya qo'shiniga hissa qo'shadigan Mogadishu Anadolu Harbiy Ta'lim muassasamiz Sentyabr oyi to'liq xizmatga o'tadi.

Yeni Shafak gazetasi "Qoradengiz tijoratining yangi nuqtasi" deb yozmoqda.

Turkiya boshchiligida 2012 yili faoliyatlari boshlatilgan Qoradengiz Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotining a'zolarini, Istanbuldagi yig'ilishda tijoratni Yengillashtirish Strategiya Hujjatini qabul qildi. Qarorga ko'ra mintaqa davlatlari o'rtasida tijoriy jarayonni boshlatish bilan bir qatorda, boshxona ishlarining yakunlanishi va tijorat yo'llarini ochishn mo'ljallanmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar