Matbuot sharhlari 08.05.2017

Bugungi gazetalardan sharhlar...

727924
Matbuot sharhlari 08.05.2017

 

Sabah gazetasi, “Dunyoning mudofaasi Istanbulda” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, ertaga 9 may kuni Istanbulda 13-Xalqaro mudofaa sanoati yarmarkasi o’z ishini boshlaydi.

Yarmarkaga bu yil 50dan ortiq mamlakatdan taxminan 800 firma ishtirok etmoqda.

Ular yarmarkada xavfsizlik, dengizchilik, havochilik va koinot sanoati sohalarida eng ilg’or, zamonaviy mahsulotlarini reklama qiladilar.

Ikki yilda bir marta o’tkaziladigan xalqaro mudofaa sanoati yarmarkasiga mudofaa sanoati bilan to’g’ridan aloqada bo’lgan firmalar, boshqa sanoat sohalarida faoliyat ko’rsatgan ishlab chiqaruvchi firmalar taklif qilingan.

Yarmarkaga 67 davlat va 2 nafar xalqaro tashkilotdan jami 124 ta delegatsiya tashrif buyurishi kutilmoqda.

Hurriyat gazetasi, “Dohada Turk-Qatar mushtarak harbiy qarorgoh” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya Oliy majlisi tashqi ishlar komissiyasi tomonidan qabul qilingan turk askarining Qatarda xizmat o’tashiga doir shartnoma muhokamasida Turkiya Milliy mudofaa vazirligi maslahatchisi Ihsan Bulbul quyidagilarni tilga oldi:

“Ushbu shartnoma asosida, mushtarak turk-qatar harbiy mashg’ulot qarorgohi qurilishi, uning Dohada joylashishi, bu qarorgohga esa qatarlik general leytenant tayinlash, hamda uning o’rinbosarini esa turklardan tayinlash nazarda tutilmoqda. Turk-Qatar mushtarak harbiy qarorgohda taxminan 500-600 atrofida askar xizmat o’taydi”,-dedi.

Xabar turk gazetasi, “Fransiyada yoshlar yutib chiqdi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Fransiyada prezidentlik saylovining natijalari surpriz bo’lmadi va kutilganidek, birinchi bosqichdayoq raqiblariga nisbatan oldinda bo’lgan Emmanuel Makron 65.9% ovoz olib prezidentlik taxtining egasi bo’ldi.

39 yoshdagi Makron mamlakat tarixida eng yosh prezident bo’lish baxtiga muyassar bo’ldi.

U “Fransiyada yangi davr boshlandi”,-dedi.

Liberal siyosati bilan tanilgan va Fransiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lib qolishini qo’llab quvvatlagan Makronning saylanishi Angliyaning ajralib chiqishi bilan tarang ahvolda bo’lgan qit’ada ittifoq tarafdorlarini hotirjam qildi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #sharh , #Turkiya

Aloqador xabarlar