Matbuot sharhlari 28.03.2016

Bugungi gazetalardan sharhlar...

459808
Matbuot sharhlari 28.03.2016


Star gazetasi, “Qidiruvda bo'lgan terroristlarning makoni Belgiya" sarlavhasi bilan bergan xabarga ko'ra, Yevropa parlamenti vakili O'zan Jeyhun: “Belgiya, Germaniya, Fransiya va Gollandiya kabi qator davlatlar uzoq vaqtdan beri Turkiyada qidirilayotgan terroristlarga to'lgan vaziyatda",-dedi.

Belgiyaning terror tashkilotlariga nisbatan munosabati butun Yevropa qadriyatlarini toptaganini tilga olgan Jeyhun: “Ularga qolsa, turk tadbirkor O'zdemir Sabanjiga suiqasd qilgan Fahriya Erdalni Belgiya Qroliyat ordeni bilan taqdirlar edi. Yevropa Ittifoqining poytaxtiman deb maqtangan Brusselning terrorist makoniga aylangani Yevropa Ittifoqi uchun uyatli ahvol",-dedi.

Yeni shafak gazetasi, “DAISh terror tashkilotiga islomni yomon ko'rsatish vazifasi topshirilgan" sarlavhasi bilan bergan xabarda, Bosh vazirning sobiq o'rinbosari Emrullah Ishler islomni terrorizmga qiyoslashni ko'zlagan davlatlarga e'tibor qaratganini yozdi.

DAISh terror tashkiloti Suriya rejimi bilan uning hamtavoqlarining mahsuli ekanini tilga olgan Ishler: “1970-yillardan keyin g'arb davlatlarida islom keng tarqalib borgan edi, xatto tinchlik dini sifatida ta'riflangan edi. DAISh orqali sodir qilingan terrorchilik harakatlari sababli islom terrorga qiyoslandi. Islom geografiyasi siyosiy bo'xronga yetaklandi. G'arbda islomning tarqalishiga to'sqinlik qilindi",-dedi.

Uning aytishicha, hozirda DAISh terror tashkiloti g'arb davlatlarining islomni yomon ko'rsatish to'g'risidagi topshirig'ini a'lo darajada a'do etmoqda.

Sabah gazetasi, “6 yilda 6 mln fuqaro ish bilan ta'minlandi" sarlavhasi bilan bergan xabarda, global iqtisodiy tanglikka qaramasdan rivojlanib borayotgan Turkiya, ish bilan ta'minlash jihatidan rekord qo'yganini yozdi.

Gazetaning yozishicha, oxirgi 6 yil ichida mamlakatda 6 mln inson ish bilan ta'minlandi.

O'tgan yili 1 mln ga yaqin inson yangi ish sohibi bo'lar ekan, joriy yilning dastlabki ma'lumotlari ijobiy natija ko'rsatdi.

Vatan gazetasi, “Xorijliklar uy sotib olish uchun navbatga turdi" sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiyaning tobora ravnaq topib borayotgani xorijliklarni mamlakatga jalb qila boshlaganini yozdi.

Turkiyadan uy sotib olmoqchi bo'lgan amerikaliklar, arablar, yaqin sharqliklar, yevropaliklar go'yo bir-biri bilan raqobatlashmoqda.

Mutahassislar kelgusi jarayonda Turkiyaga katta miqdorda sarmoya kirishi mumkinligini aytmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #gazeta , #Belgiya , #terror , #sharhlar , #matbuot

Aloqador xabarlar