Matbuot sharhlari 15.02.2016

Inson GEnetikasi bilan saraton kasalligiga darmıon.

433041
Matbuot sharhlari 15.02.2016

Sabah gazetasi, "Saraton genetika orqali davolanadi" deb yozmoqda. Salomatlik Vaziri Mehmet Muezinnog'lu, Turkiyaning 2023 yilgi salomatlik loyihasini ma'lum qildi. Loyiha, AQSH Prezidenti Barak Obama va Angliya Bosh Vaziri David Camerundan keyin Prezident Rajab Tayib Ero'gon ham himoya qilmoqda. Muezinnog'lu, AQSHning Yale Universiteti bilan protokol tuzganliklarini bildirib, 'Turkiya GENOM loyihasi fardlarga xos davolanishning oldini ochadi. Asosan saratonni belgilash va davolash mavzusida Turkiyada negiz tashkil etiladi' dedi.

Yeni Shafak gazetasi, "Ayyor tuzoq" deb chop etmoqda. Suriyali muxoliflar, Munihda AQSH va Rossiya Tashqi Ishlar Vazirlari tomonidan e'lon qilingan sulhning o'zlari uchun tuzoq bo'lganini bildirdi. Muxoliflar, sulh bilan birga o'zlarining chetlanganini, terror tashkiloti PYDning DEASHga qarshi yagona quruqlik kuchi sifatida qoldirilishi istanganini va bu sulhning Halabning shimolidagi maydonning rejim va PYD o'rtasida taqsimlash rejasi doirasida bo'lishini takidladi. Tahlikaning farqida bo'lganini bildirgan muxoliflar, Esad rejimining PYDga askar va qurol berganini, uruslarning havo hujumlari bilan PYDga zamin yaratganini, AQSHning esa qurol yordami 'Mare tarmog'i' xavfsiz hududda terror tashkiloti PYDni joylashtirishga uringani bildirildi.

Xabar Turk gazetasi, "Aeraportda ham 'Yuz tanish sistemasi' keladi" deb yozmoqda. Boshxona darvozlarida xavfsizlikni ta'min etish maqsadi bilan tuzilgan 'Yuz tanish sistemasi' aeraportlarda o'rnatiladi. Boshxona va tijorat Vaziri Bulent Tufekchi, 'Boshxonadan o'tganlarni ro'yxatga kiritadi. Aeraportlarda ham buni boshlatamiz' dedi. Vazir Tufekchi, mobil jihozlarning 1-2 oy ichida o'rnatilishini izohladi. Aeraportlarda X-Rayni tekshiruvining ham bo'lishini ifoda etgan Vazir, chemodanlarning yo'lovchilar o'tmasdan teshiruvdan o'tishini bildirdi.

Hurriyat gazetasi, "Venda Ko'chekche" deb yozmoqda. Borusan Istanbul Filarmoniya Orkestri Yevropa gastrolini musiqaning markazi Vena konserti bilan boshladi. Orkestr konserti tufayli oyoqda olqishlandi. Sascha Geotzel ijri etgan Ulvi Jemal Erkinning "Ko'chekchesi" esa tomoshabinlarni rom etdi. Borusan Istanbul Filramoniya Orkestrining Venadan boshlagan gastroli Payshanba kunigacha Germaniyaning Friedrichshafen, Frankfurt shaharlarida davom etib Numbergda yakun yasaydi.

Star gazetasi, "Turk rahbar Angliyaning futbol jamoasini sotib oldi" deb yozmoqda. Kayserida temir ishlab chiqarib Turkiya bozorining 5 % ni o'z qo'lida tutgan va ayni paytda Kayseri Erciyessorning ham rahbari bo'lgan ziya Eren, Angliya futbol jamoasidan Crawley Townni sotib oldi. Ingliz matbuoti 'Turk metal firmasi Ingliz klubni sotib olish arafasida' deb yozgan. Crawley Townni sotib olish faoliyatlari boshlatilgani va kelishuvni imzolash uchun munosib vaqt kutilgani bildirilmoqda. Crawley Townning Turk tadbirkor tomonidan olinishi, Ingliz klubining Kayseri Erjiyessporga qardosh klub sifatida tushunilgani va transferlar mavzusida bir-birini dastaklaydigan tushunchaning stratejik parchasi bo'lganini bildirmoqda.



Aloqador xabarlar