Matbuot sharhlari 28.05.2024

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2145311
Matbuot sharhlari 28.05.2024

Yeni Şafak gazetasi: “Erdoʻgʻan bilan Sanchez Falastin masalasini qoʻlga oldi” degan sarlavha bilan xabar berdi. Unga koʻra Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches bilan telefon orqali muloqot qildi. Prezident Erdoʻgʻan suhbat chogʻida, Ispaniyaning Falastinni davlat sifatida tan olish haqidagi qarorini xursandchilik bilan qarshi olganliklarini bildirdi. Shuningdek bu qadam, ham mintaqada tinchlik va adolat oʻrnashi ham da muammoning ikki davlat asosida hal qilinishi borasidagi sa’y - harakatlarni kuchaytirishiga ishonchi komil ekanini ifoda etdi.

Haber Türk gazetasi: “Erdoʻgʻan: Netanyaxu la’nat bilan yodga olinishdan qochib qutula olmaydı” sarlavhasi bilan xabar berdi. Xabarga koʻra Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, Gʻazoda qatliomni davom ettirayotgan Isroil boshqaruvini yana bir bor qoraladi. Shuningdek, “Gʻazoda tinch aholiga bombalar otildi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu la’nat bilan yodga olinishdan qochib qutula olmaydı”, - dedi.

Hürriyet gazetasi: “Turkiya isrollik vazir boʻlishgan postga e’tiroz bildirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi. Unga koʻra Turkiya Tashqi Ishlar vazirligi Isroil Tashqi Ishlar vaziri Yisrael Katzning ijtimoiy tarmoq orqali Prezident Erdoʻgʻanni nazarda tutgan postiga munosabat bildirdi. Vazirlik bu borada: “Isroil Tashqi Ishlar vaziri Katzning hurmatli Prezidentimizga boʻlgan hurmatsiz munosabati va asossiz ayblovlari, Isroilning Falastinda sodir etgan jinoyatlari bilan bogʻliq kun tartibini oʻzgartirish uchun befoyda urinishlardir”, - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Star gazetasi: “Oliy ta’lim kengashidan (YÖK) Falastin boʻyicha qaror. Murojaatlar boshlandi” sarlavhasi bilan xabar berdi. Xabarga koʻra, Gʻarb universitetlaridan Gʻazodagi qatliomlarga qarshi chiqqanliklari uchun ishdan haydalgan olimlar bilan talabalari uchun Turkiya universitetlari oʻz darvozalarini ochmoqda. Yaqin kunlarda Oliy ta’lim kengashi veb - saytida murojaatlarni qabul qilish ishlari boshlanadi.

Sabah gazetasi: “Rivojlanish taxmini boʻyicha anketa natijalari e’lon qilindi” sarlavhasi bilan xabar berdi. Xabarga koʻra, Turkiya Statistika qoʻmitasi tomonidan 31 – may haftaning juma kuni e’lon qilinuvchi 2024 - yilning birinchi choragiga oid yalpi ichki mahsulot ma’lumotlariga oid kutish anketasi, 14 nafar iqtisodchi ishtirokida yakunlandi. Soʻrov natijalariga koʻra, iqtisodchilar Turkiya iqtisodiyoti joriy yilning birinchi choragida yillik miqyosda 5,90 foiz oʻsganini taxmin qilmoqda.

 



Aloqador xabarlar