Turk matbuotidan 30.11.2015

Turk gazetalaridan olingan xabarlar...

395693
Turk matbuotidan  30.11.2015

Sabah gazetasi: “ Vizasiz Yevropa haqiqat bo’layapti”
Turkiya- Yevropa ittifoqi aloqalarida 11 yil so’ngra yap yangi bir sahifa ochildi. Brusselda kecha to’plangan Yevropa ittifoqi Turkiya sammitida 3ta fursat qo’lga kiritdik: Bular, Yevropa komissiyasi, 2016 yili oktabr hisobotida vizasiz sayohatni nazarda tutmoqda, Yevropa ittifoqi Suriyaliklar uchun, boshlang’ichda 3 milliard yevro manba ajratdi va 14- dekabrda iqtisodiy va moliyaviy sarlavhali 17 bo’lim ochiladi. 2016 yiling dastlabki choyragida ba’zi bo’lim borasida esa faoliyatlar olib boriladi.

Yeni Akit gazetasi: “ Rus embargosiga qarshi Arablardan ijtimoiy tarmoqdan himoya”
Rossiya Davlat Prezident Putin Turk mahsulotlariga qarata qo’ygan sanksiyalarni tasdiq qilgan imzoni qo’yishidan keyin Arab olami ijtimoiy tarmoq orqali Turkiyani himoya qilish uchun kompaniya boshlatdi.
Arab ziyolilar himoya qilgan kompaniyalarda, “Musulmonman va Turkiyani himoya qilaman”, Arabim va Turkiya bilan birgaman”, Turk mahsulotlarini himoya qil, hashtaqlarni qullandi. Juda ko’p sonda media mansubi Twitter fenomani, faol va yozuvchi himoya qildi. “ Turk mahsulotlarini himoya qilish barcha Musulmon va Arablarning vazifasi”, Turk mahsulotlari juda sifatli va narxlari ham juda mos. Arab olamining har burchagida Turk shirkatlari mavjud” deyildi.
Haberturk Gazetasi:” Rus xalqi putini ayblamoqda”
Turkiyaning havo sohasini buzgan Rus jangovar samolyotining urib tushirishi sababli ikki o’lka o’rtasida sodir bo’lgan taranglik davom etar ekan, Rossiya mavzu haqida bir anketa uyushtirdi.
Rus xabar agentligi Rosbalt tomonidan qilingan anketaga ko’ra, Ruslarning 37 foizi Turkiya bilan aloqalarning buzilishi sababi Kremlinning xato hisob- kitobi ekanini o’ylamoqdalar. Rossiya,Turkiya bilan dushman bo’lishida “ Turkiyaning manfaatlarini ko’rmasdan kelib “ Suriyaga kir degan maslahatchilari” mas’ul deganlarning nisbati esa 31 foiz.
Yeni Shafak gazetasi: Shimoliy Iroqda ishlar ochilmoqda.
Ikki yil so’ngra Turkiya orqali dastlab gaz eksportini amalga oshirishi kutilgan shimoliy Iroqda, Rossiya inqirozi sabab bo’lgan siyosatidan so’ngra ishlarni yana ham tezlashtirishga boshlandi. Mintaqa, Turkiyaning 50 yillik tabiiy gaz ehtiyojini faqat o’zi qondiradigan zaxiraga egadir. Shimoliy Iroqdan dastlab tabiiy gaz ikki yil mobaynida Turkiyaga yetib kelishi kutilmoqda. 2020- yilida 20 milliard kubometr gaz Turkiyaga bozoriga berilishi kutilmoqda.
Vatan gazetasi: “ Chegarada raketalarga qarshi harbiy chora- tadbir.
Tahdid tashkil etgan raketa, samolyot va radar sistemalarining , signalini buzish xususiyati bilan ta’sirsiz holga keltirgan va ASELSAN tomonidan ishlab chiqarilgan “KORAL” nomli havo mudofaa sistemasi, 100 kilometr masofaga ega. Sistema, tahdid tashkil etgan raketa, samolyot va radarlarning jihat sistemasi signalni buzish xususiyati bilan ta’sirsiz holga keltiradi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar