Matbuot sharhlari 17.09.2015

Bugungi gazetalardan sharhlar...

350979
Matbuot sharhlari 17.09.2015


Sabah gazetasi, Turkiya Respublikasi Prezidenti R.T.Erdog’an Turkiya Yoshlik klubi federatsiyasi kongressida so’zga chiqib, terrorizmni qoralaganini yozdi.
U “Bu mamlakatda terrorizmni abadiy tuproqqa ko’maylik”-dedi.

Vatan gazetasi, Mardinning Nusaybin tumanida PKK terror tashkiloti politsiya xizmat mashinasi o’tib ketayotgan paytda bomba portlatganini yozdi.
3 nafar politsiya xodimining hayotiga zomin bo’lgan bomba yo’l chetida joylashgan nonvoyxonaga ulangani aniqlangan.

Yeni shafak gazetasi, “Islom hamkorligi qayerda?” sarlavhali xabarni bosh sahifada chop etdi.
Xabar quyidagicha; 1969 yili Masjid-i Aqsada bir radikal yahudiy tomonidan o’t qo’yib yuborilgach, asos solingan Islom Hamkorlik tashkiloti nima uchun tashkil topganini unutdi. Bu tashkilot oxirgi kunlarda Isroilning provokativ hujumlariga tomoshabin bo’lmoqda. Saudiya Arabiston Qroliga qo’ng’iroq qilgan Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anning taklifi bilan Tunis yetakchisi Gannusi Islom Hamkorlik tashkilotini favqulodda yig’ilishga chaqirdi.
Star gazetasi, aeroportlar bo’yicha hamkori Fransiya bilan 13 mamlakatda jami 69 aeroportda faoliyat ko’rsatgan TAV aeroportlari Afrika, Rossiya va Amerikadagi xususiylashtirish jarayoniga e’tibor qaratganini yozdi.
TAV aeroportlari holdingi rahbari Sani Shener, “Ushbu davlatlardan taklif kelmoqda. Hindistondan ham hissa sotib olishga tayyorlanyabmiz”-dedi.

Hurriyat gazetasi, futbol olamining eng maftunkor faoliyatlaridan biri 2015 FİFA Oltin to’p sovrinini qo’lga kiritadigan futbolchi 2016 yilning 11 yanvar kuni ma’lum bo’lishini yozdi.
Ushbu kuni bo’lib o’tadigan musobaqada Ronaldo bilan Messining raqobati maroq bilan kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar