Matbuot sharhlari 14.09.2015

Turk matbuotidan yangiliklar

387444
Matbuot sharhlari 14.09.2015

Yeni Shafak gazetasi: “Terrorga qarshi isyon: 600 nohhukumat tashkilot ertaga maydonlarda yig’iladi”
Diyarbakirda ertaga maydonlarda yig’iladigan 600dan ziyod nohukumat tashkilot va faollar, qonli terror hujumlarini avjlantirgan terror tashkiloti PKKning jinoyatlari qoralanib va birdamlik bayonotlari beriladi.
Ishtirokchilar qo’llarida chinnigul bilan jim-jit ravishda amalga oshiradi. Terror tashkiloti PKKning qonli hujumlarini la’natlab, qurollarini tashlashga chaqiradi.
Star Gazetasi: “ Suriya va Iroqda tarqatilgan qurollar PKKning qo’lida”
Sobiq Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu qilgan izohida, G’arb o’lkalari, terror tashkilotini qonuniy ko’rsatishga harakat qilganini, Suriya va Iroqda g’arb tomonidan tarqatilgan qurollar PKKning qo’lida ekanini aytdi.
Chavusho’g’lu, alohida G’arbning muhojirlarni qabuli mavzusida esa “ ikki yuzlamachilik ” qilganini, Suriya muhojirlarini o’lkalariga qabul qilishlarini izoh etgan ko’plab g’arb o’lkasi, diniga va ta’limiga ko’ra tanlaganlarini ma’lum izoh etdi.
Sabah gazetasi: Jahon insoniyat ko’rsin”
Yevropa o’lkalari Suriyadagi ichi urushdan qochgan qochqinlarga o’z eshiklari majbur ochdi. Juda qiyinchilik bilan 5 ming muhojirni qabul qildilar. Ba’zi vaqt kaltaklangan muhojirlarning ko’zlari yosh bilan to’la edi. Turkiyadagi 2 million ko’chmanchi esa qilingan yordamlar tufayli yuzlarida tabassum zohir bo’ldi. Turk millati birodarlari sifatida ko’rgan muhojirlarga o’z quchoqlarini ochdi.
Milliyat gazetasi: “ilk Turklarning paroli aniqlandi”
Turk hamkorlik va Koordinatsiya Agentligi TIKAning Mo‘g’ilistonda yuritgan qazuvlarda Turk tarixiy uchun juda muhim bo’lgan topilmalarga duch kelindi.
Ko’kturk Vaziri To’nyukukga oid yozuvlar bo’lgan maydonda ilk Turklarga oid qabr, haykal va buyumlar paydo bo’ldi.
Yangi topilmalar, Ulanbatorning Nalayh shaharchasida inshoo etiladigan ikkinchi Turk muzeyida namoyish etiladi.
Hurriyat gazetasi: “ Lara Fabian Istanbulda” Belgiya asilli Kanadalik dunyoga mashhur ashulachi Lara Fabian, yana bir bor Turkiyada konsert berishga tayyorlanmoqda.
San’atkor 15- oktabrda Istanbulda muxlislari bilan uchrashadi. Fabian, san’atkor Mustafa Jejeli va kinofilm aktyori Halit Ergench bilan ayni sahnada bo’ladi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar