Matbuot sharhlari 11.09.2015

Turk iqtisodiyoti rivojlanishga davom etmoqda.

377998
Matbuot sharhlari  11.09.2015

Yeni Shafak gazetasi, ""Saylovlarga qaramasdan o'sishga davom etmoqda" deb yozgan. Turkiya, ikkinchi choyrakda kutilgandan ham ko'p rivojlandi. Iyul oyidagi umumiy saylovlar tufayli siyosiy muvozanatsizlikga qaramasdan iqtisodiy rivojlanishning 3,8 foiz bo'lgani bildirilmoqda. Mavzuga doir mulohaza bergan bos vazir o'rinbosair Jevdet Yilmaz, "Yevropa hududida iqtisodiy o'sish bundan ortda qolgan" dedi.

Xabar Turk gazetasi, "Yagona nomzod Davutog'lu" deb yozgan. AK Partiya 5-favqulodda kongressini 12- Sentabr to'ntaruvining yilligida o'tkazadi. 1-Oktabr saylovlari uchun start beriladigan kongressda, partiyani tartibga solish uchun ayrim o'zgarishlar kiritiladi. O'zgarish kiritilishi va 3. davr vazifada bo'lish qoidasini yengillashtiriladigan kongressda, bosh vazir Ahmet Davutog'lu yagona nomzod.

Vatan gazetasi, "Qochqinlarga turgan joylaridan chiqish man qilinadi" deb yozmoqda. Ichi ishlar vazirligi, Suriyali qochqinlarning bo'lgan joylaridan uzaqlashishini taqiqladi. Vazirlikning qaroriga binoan, qochqinlar ruxsat berilgan kartadagi joylardan tashqariga chiqa olmaydi. Avtobus firmalari va yo'lovchilarga xizmar berganlar hujjatlarini tekshirish va aksi holatda harakat etmasligi borasida ogohlantirildi. Viloyatlardan chiqib ketgan Suriyalilarning avtobusda qo'lga olingan taqdirda, xizmat bergan shirkat 'Inson qochoqchiligi' bilan shug'ullangan hisoblanadi.

Milliyat gazetasi, "Qoroqchilarni ovlashda asosiy vazifa TCG Gemlikda" deb yozmoqda. Turk Dengiz Kuchlari Qo'mondonligining zamonaviy harbiy kemalaridan bo'lgan TCG gemlik, dengiz qoroqchilariga qarshi kurash olib borish uchun vujudga kelgan flotning boshqaruvini Yaponiyadan davr oldi. Aden Ko'rfazi va Somaliya dengiz suvlarida qoroqchilarga qarshi kurashgan Yaponiya, Janubiy Koreya, Pokiston kemalariga  4 oy bo'yicha admiral Ayhan Bay qo'mondonlik qiladi.

Star gazetasi, "Engin Akyurek eng yaxshi aktyor" deb yozmoqda. Engin Akyurek, Kara Para Ashkdagi roli bilan Janubiy Koreyada Seul Dramma mukofotida "Eng yaxshi aktyor" deb saylandi. Aktyor kategoriyasida Adrien Brody, Terrence Howard kabi isimlarni o'tgan Akyurek, Koreya tilida tashakur etgan maruzasida "O'lkamdagi terror meni xafa qilmoqda. Nafaqat o'lkam uchun dunyo uchun ham tichlik istayman" dedi.

Hurriyat gazetasi, "Alzheimer yuqumli bo'lishi mumkin" deb yozmoqda. Angliyadagi Universitet College Londondan olimlar tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlarga ko'ra, Alzeimer kasalligining yuqumli bo'lgani maydonga chiqdi. Kasallikni tezlashtirgan mikro protein molekulalarining operatsiyalarda, qon o'tkazishda va tishxonada insonga o'tgan bildirildi. Hozirgi kungacha kasallikning keksayganda va genetik yo'llar orqali maydonga chiqganiga ishonch hosil qilingan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar