Matbuot Sharhlari 16.08.2015

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

329439
Matbuot Sharhlari 16.08.2015

Haber Turk gazetasi: “Turkiya bo’lmaganida edi unda hech qachon neft sotilmagan bo’lar edi”.
Energiya va tabiiy manbalar vaziri Taner Yildiz Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi tomonidan tashrif buyurgan matbuot delegatsiyasiga Turkiya-Iroq munosabatlari haqida ma’lumot berib, ularning savollariga javob berdi. Energiya va tabiiy manbalar vaziri Taner Yildizning aytishicha Shimoliy Iroq neftining dunyo bozoriga yetkazilishi Turkiya orqali amalga oshadi. Iroqdan Anqaraga kelgan jurnalistlarni qabul qilgan Janob Yildiz “Turkiya bo’lmaganida edi unda bu ish amalga oshmagan bo’lar edi. Bog’dot bunga ruxsat bermagan edi. Bu ishning amalga oshishi uchun Turkiya imkon berdi” dedi.

Star gazetasi: “Eronlik firmalar investitsiya uchun Turkiaydan ma’lumot olmoqdalar”.
Turk firmalari Tehronda investitsiya qilishni rejalashtirar ekan eronlik ishbilarmonlar esa Turkiyaga qarab yo’naldilar. Eronlik ishbilarmonlarga Turkiyadagi investitsiya imkonlari haqida ma’lumot beriladi. Eronda faoliyat ko’rsatayotgan va yakkayu-yagona nazorat firmasi bo’lib hisoblangan Aktual mustaqil nazorat konsultatsiyasi berish va moliyaviy konsalting bilan Eron tashkiloti hisoblangan Industrial Management Institue o’zaro investitisiya imkonlari haqida ma’lumot berish maqsadida hamkorlik shartnomasiga imzo chekdilar. Tehranda 8-9-oktabr kunlari o’tkaziladigan yig’ilish uchun matbuot orqali e’lon bergan Eron Industrial Managementga hozirdan qiziqishlar judayam katta.

Vatan gazetasi: “Tunnelda oxirgi 75-metr”.
Yevroosiyo tunneli loyihasi uchun tarixiy kun yaqinlashib qoldi. Transport, dengizchilik va xabarlashuv vaziri Ferudin Bilgin Tunnel ochish apparati deya nomlangan apparat orqali dengiz ostida teshilgan tunnelda, 2014-yilning 19-apreli kuni Osiyo tomonida boshlagan qozish ishlarining bu oy oxirida, Yevropa tomonida o’z nihoyasiga yetajagini aytdi. Ushbu loyiha uchun maxsus ishlab chiqarilgan va Istanbul bo’g’ozi ostida 3.344 kilometrlik maydonni qozish orqali ilgarilagan tunnel ochish apparati orqali ikkala qit’aning dengiz tubi birlashtiriladi.

Yeni shafak gazetasi: “Rize-Artvin aeroportining burg’ulaj ishlari tamomlandi”.
Sharqiy Qora dengizni butun dunyo bilan birlashtirguvchi va Turkiyaning dengiz ustida qurilgan birinchi aeroporti hisoblangan Ordu-Giresun aeroportidan keyingi Rize-Artvin aeroportining uchish-qo’nish yo’lagining burg’ulash ishlari tamomlandi. Geologiya muhandisi Orkan Tamer Yarim jurnalistlarning savollariga javob berar ekan Pazar tumanining Yeshilko’y qishlog’i bilan Qiz qal’asi o’rtasida 4.5 kilometrlik, to’ldirilgan dengiz maydonida qurilishi rejalashtirilgan Rize-Artvin aeroportining dengiz burg’ulash ishlari va geotexnik hisobat tayyorlanishi ila gidrografik va okeanografik tadqiqot ishi uchun burg’ulash ishlarining davom etayotganligi haqida ma’lumot berdi.

Sabah gazetasi: “G-20 sammiti Belek tumaniga 40 million yevro daromad olib keladi”.
Dunyo liderlarini Antaliyada uchrashtirguvchi G-20 sammiti uchun tayyorgarliklar qizg’in ravishda boshladi. 15-16-noyabr kunlari orasida Antaliyaning Belek tumanida o’tkaziladigan sammitda 15 ming kishining ishtirok etishi kutilmoqda. Belekda 17 mahmonxona sammit uchun tayyorgarlik ko’rmoqda. Akreditatsiya 17-sentabr kuni boshlanadi. Undan keyin Belekda xavfsizlik tadbirlari olina boshlaydi. Mehmonxona xodimlari haqidagi ma’lumotlar takror qarab chiqiladi. Mintaqa 87 dona kamera orqali kuzatib boriladi. Undan tashqari 7 dona transport nomerini tanish sistemasining joylashtirilishi rejalashtirilmoqda. Yig’ilishlar Regnum Carya mehmonxonasida o’tkaziladi. 15 ming kishining ishitork etishi kutilgan sammitning mintaqaga 40 million yevro daromad olib kelishi kutilmoqda.

Sabah gazetasi: “Leblebiji Horhor Londonda”.
1875-yili Usmoniy operasi tomonidan sahnaga olib chiqilgan afsonaviy operetta “Leblebiji Horhor og’a” birinchi marotaba Angliya poytaxti Londonda, ingliz tilida sahnaga olib chiqildi. San’at rejissorligini Mehmet Ergen amalga oshirgan va ko’proq turk migrantlar istiqomat qiluvchi London Arcola teatrida tunov kuni va kecha o’tkazilgan operettaga qiziqish judayam katta edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar