Matbuot sharhlari 14.08.2015

Bugungi gazetalardan sharhlar...

327066
Matbuot sharhlari 14.08.2015


Yeni shafak gazetasi, Tabiiy ofatlar va favqulodda holatlar boshqarmasi (AFAD) bilan 6 vazirlik xavfsiz hududning poydevorini tashkil qilish maqsadida to’planganini yozdi.
Yig’ilishda Suriyalik qochqinlarning kundalik ehtiyojini ta’minlash uchun barcha choralar tafsilotli ravishda ko’zdan kechirildi.
Dastlab, xavfsiz hududga Turkiyadagi qochqin lagerlari model qilib olinadi. Qolaversa, asosan salomatlik va ta’lim sohalariga katta ahamiyat beriladi.
Yeni shafak gazetasi, Turkiyada iqtisodiy loyiha tashviqiga doir faoliyatlar o’z nihoyasiga yeta boshlaganini yozdi.
Dizayner va mahsulot ishlab chiqarish loyihasi asosida strategiyasi, maqsadi, qo’shimcha qiymati baland bo’lgan mahsulot eksport qilish uchun loyiha amalga oshirmoqchi bo’lgan firma qo’llab quvvatlanadi.
Firma bilan qurilgan korxona asbob-uskunalar uchun sarf qilgan mablag’ning 50%i davlat tomonidan to’lanadi.
Star gazetasi, Transport, dengizchilik va telekommunikatsiya vazirligi mahalliy ma’lumot to’plash sistemasi uchun Ar-Ge faoliyatini boshlaganini yozdi.
Sabah gazetasi, Turk Havo Yo’llari Polsha Davlat Havo Yo’li shirkati bilan shartnoma tuzdi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turk Havo Yo’llari bilan Polsha Davlat Havo Yo’li shirkati o’rtasida strategik hamkorlik shartnomasi imzolanganini yozdi.
Shartnomaga ko’ra, shirkatlar Polsha, Turkiya va boshqa hududlarni o’z ichiga olgan bozorlarda tijoriy hamkorlikni kengaytiradi.
Qolaversa, mavjud hamkorlik faoliyatlari yana ham rivojlantiriladi.
Hurriyat gazetasi, Dali, Rodin, Miro, Monet kabi dunyoning eng mashhur rassomlarining asarlariga mezbonlik qilgan Sakip Sabanji muzeyi bu safar 2-Jahon urushidan so’ng umidsizlikka qarshi bosh ko’targan Zero oqimi rassomlariga mezbonlik qilishga tayyorlanganini yozdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar