Matbuot Sharhlari 13.08.2015

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

325878
Matbuot Sharhlari 13.08.2015

Yeni Shafak gazetasi: “Elektr avtomobiliga Birlashgan sanoat hududidan ko’mak berilmoqchi”.
Ilm-fan, Sanoat va Texnologiya vazirligi bir tomondan Birlashgan sanoat hududlarining infratuzilma investitsiyasi bilan sanoat hududlarining yuqori qurilishlarining 75 foiziga kredit bo’yicha yordam berar ekan ikkinchi tomondan esa kelajakning sanoat tarmoqlari uchun sanoat joylari barpo etmoqda. Bu doirada 283 Birlashgan sanoat hududining 157 tasining infratuzilma qurilishlarini tamomlagan vazirlik, Sakarya viloyati Qorasuv tumanida ham 222 gektar maydonda avtomobil sanoati hududi qurilishi uchun sharoit tuzib berdi. Ta’sis ishga tushganida qariyb 2 milliard dollarlik sarmoya qo’lga kiritilar ekan ayni chog’da 7-8 ming kishi ish bilan ta’minlanadi.

Sabah gazetasi: “Afsonaviy investor Turkiyaga maqtov yog’dirdi”.
Xalqaro bozorlarda “Afsonaviy investor, finans guru” olaroq ma’lum bo’lgan Templeton nomidagi rivojlanayotgan bozorlar guruhi raisi Mark Mobius rivojlanayotgan bozorlarda tilga olinayotgan “sinuvchan kvintet” ifodasiga kirmasligini ma’lum qilgan holda Turkiyada investorlar uchun katta imkonlar borligini aytdi.

Vatan gazetasi: “Isroillik sayyohlarning ilk bekati Turkiya”.
Moviy Marmara masalasidan so’ng Turkiyaga kam kela boshlagan isroillik sayyohlarning bekati o’zgardi. Turkiya Isroil fuqarolari tomonidan tanlangan chet eldagi turistik makon jihatidan eng oldingi ro’yhatda o’rin ola boshladi. Ikki davlat o’rtasidagi sovuq diplomatik munosabatlarga qaramay yanvar-iyul oylarida Turkiyaga kelgan isroillik sayyoh soni o’tgan yilning ayni davriga qaraganda 30 foizga ko’tarilib 172 mingdan ortdi. Bu bilan birga sayyohlarning muhim qismi Turkiya orqali Yevropa, Uzoq Sharq va Amerikaga ketayotganliklari ma’lum bo’ldi.

Star gazetasi: “Bosh rolda klarnet bor”.
4-Xalqaro Klarnet festivali “Istanbul nafas olmoqda” degan shior bilan 10-20 sentabr kunlari orasida san’at shaydolari bilan uchrashadilar. Faoliyatlar Istanbul ko’chalariga, maydonlariga, paraxodlariyu metrolarigacha yoyiladi.

Hurriyet gazetasi: “Montrealda uchta turk filmi bellashadi”.
Bu yil 27-avgust bilan 7-sentabr kunlari orasida 39-uyushtiriladigan Montreal film festivalida Turkiya nomidan uchta bosh musobaqaga qabul qilindi. O’zjan Alper imzosiga ega “Shamol xotiralari”, Mehmet Eryilmazning “Mehmon” filmi va Selim Evjining oxirgi “Yashirin” filmi Kanadaning eng nufuzli film festivali hisoblangan Montreal film festivalining bosh musobaqasi bosqichida dunyo premyeralarini amalga oshiradi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar