Matbuot Sharhlari 07.04.2015

Bugungi turk matbuotining muhim xabarlari.

229635
Matbuot Sharhlari 07.04.2015

Star gazetasi: “İqtisodiyot mavzusi Yevrosiyo İqtisodiyot sammitida qo’lga olinadi”.

İstanbul 8-9-aprel kunlari 18-Yevrosiyo İqtisodiyot sammitiga mezbonlik qiladi. Dunyoning bir necha davlati ishtirok etadigan sammitda moliya, telekommunikatsiya, informatika, energiya, transport va logistika mavzulari qo’lga olinadi. Samitda Ozarbayjon Sanoat va energetika vaziri Atik Aliyev, Afg’oniston Moliya vaziri Hukum Khan Habibiy, Chernogoriya Prezidenti Filip Vuyanovich, Chernogoriya Bosh vazir o’rinbosari Vuyija Lazovich, Makedoniya Prezidenti Georgi İvanov, Patrik Baertholomeos ishtirok etadilar. Undan tashqari 13 nafar sobiq Prezident qatnashmoqda.

Sabah gazetasi: “Turkiya quyosh yurti”.
Har bir dala o’z elektr quvvatini ishlab chiqaradi. Quyosh energiyasi sohasida juda oliy nuqtada bo’lgan Turkiyaning bir yilda quyosh nuri davomiyligi 2 ming 640 soat, bir kunda esa 7.2 soatdir. İshlab chiqarishda texnologiyadan foydalanishga katta ahamiyat bergan dehqonlar o’z dalalariga qurgan quyosh panellari orqali o’z elektr quvvatlarini ishlab chiqarmoqdalar.

Vatan gazetasi: “Eko 66 jihozi 27 davlatning yonilg’i iste’molini tasarruf qiladi”.
Turk tadbirkor Talat Mollao’g’li o’zi yasagan “Eko 66 yonilg’i tasarruf jihozini 27 davlatga sotganligi haqida ma’lumot berdi. Jihoz LPG, benzin va dizel bilan ishlagan butun transport vositalarida tasarrufni ta’minlamoqda. Qimmat narxdagi benzinlar va yuzlab mashinalarga to’lgan ko’chalarda bugungi kunda avtomobil, traktor, yuk tashuvchi mashinalar, poyezd, dengiz vositalari hatto uchoqlarda ham ishlatilgan Eko 66 ning notarius huzurida amalga oshirilgan sinovlarda yonilg’ini 20 foiz tasarruf qilganligi tasdiqlandi.

Yeni Shafak gazetasi: “Har jihatdan Koja Sinan”.
Eng muhim arxitektorlardan biri hisoblangan Mimar Sinanning hayoti va asarlari vafotining 427-yilligida bugungacha amalga oshirilgan eng katta ko’rgazma doirasida qo’lga olinmoqda. Mimar Sinanning asarlari video napping 3D animatsiya kabi texnik usullar orqali namoyish etiladi. Multi-texnologiyaviy ko’rgazma 9-aprelda Mimar Sinan nomidagi Tasviriy san’at universitetida ochilmoqda.

Haber Turk gazetasi: “Eng chiroyli fotosurat uchun kuch sinashdilar”.
İzmirning Qush jannatini tanishtirish maqsadida bu yil birinchi marotaba “1-Milliy fotosurat safari va musobaqasi” uyushtirildi. Unda bir necha tabiat shaydosi fotosuratchilari ishtirok etdilar. Qush jannatining tabiiy muhitga loyiq kiyim-kechak va ekipajlar bilan o’zlarini kamuflyaj qilgan fotosuratchilar mintaqada yashagan yirtqich turlarni tabiiy yashash joylarida uch kungacha suratga tushirdilar. İshtirokchilar orasida o’rin egallagan fotosuratchilarning asarlari 29-aprel kuni e’lon qilinadi.

 


 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar