Matbuot Sharhlari 01.04.2015

Turk matbuot sharhlari

291119
Matbuot Sharhlari 01.04.2015

Star gazetasi: “Prezidentlik sistemasi uchun yo 400 nafar deputat yoki referendum”.
Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Slovakiyaning poytaxti Bratislavada turk fuqarolariga xitob etar ekan “Turkiya o’zgarish, yangilanish davrida. Kiygan ko’ylagimiz tor kelib qo’ldi. Ushbu badanimiz bu ko’ylakga sig’mayabdi. Bizga yarashadigan ko’ylak yangi boshqaruv sistemasidir. Bu ham bo’lsa Prezidentlik sistemasidir. Hukumat ham bu mavzuga qaratilgan chora-tadbirlarni boshlatdi. Lekin bu yerda bir gap bor. İkki boshli bir narsa. Buni yo 400 nafar deputat bilan parlamentda hal qilamiz yoki xalqning fikriga quloq solamiz” deya gapirdi.

Yeni Shafak gazetasi: “2014 to’fonida 2.9 foizga o’sdik”.
Moliya vaziri Mehmet Shimshek Turkiyaning 2.9 foiz o’sish sur’ati bilan global shkala bo’yicha yuqori o’rinda joy olganligini izoh etdi. Shimshek salbiy iqtisodiy muhitga qaramay o’tgan yili ham o’sishni davom ettirganligini aytdi. 2.9 foizlik o’sish bilan Lotin Amerika, Yevropa va rivojlanayotgan o’lkalarga yetib olgan Turkiya shunday qilib 21 chorakdan beri uzulmadi. Ortish tezligi ham 11 foiz bo’ldi. Aholi jon boshiga milliy daromad 22 ming 753 liraga chiqar ekan iqtisodiy hajim 1 trillion 750 milliard liraga ko’tarildi.

Hurriyet gazetasi: “İstanbul fond birjasida Ulussever davri boshladi”.
İstanbul fond birjasining yangi rahbari Talat Ulussever bo’lib saylandi. Ulussever kecha o’tkazilgan 2-umumiy kengashda 31-mart 2018-yilgacha rahbar deb saylandi. İstanbul fond birjasining sobiq rahbari İbrahim Turhan joriy yilning iyun oyida o’tkaziladigan umumiy saylovda deputatlikga nomzod bo’lish uchun o’z vazifasidan iste’fo etgan edi.

Xaber Turk gazetasi: “3 vazirlik uyda sog’likni saqlash xizmati beradi”.
Sog’likni saqlash vazirligi, Oila va ijtimoiy siyosat vazirligi shuningdek İchki ishlar vazirligi uyda tibbiy xizmat berish uchun protokol imzoladilar. Uyda tibbiy xizmat olgan kasallar bir murojaati bilan farqli muassasalar tomonidan berilgan ijtimoiy yordamlardan ham foydalana oladilar. Bu doiraga kirgan kasallarga shaxsiy parvarish, uy-joy tozaligi, qayta ishlash, ta’mirlash, ovqat va moddiy yordam beriladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar