Matbuot sharhlari 28.01.2014

Sabah gazetasi Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Yunonistonda o’tkazilgan muddatdan avvalgi saylov natijalari haqida fikr bildirganini yozdi.

199882
Matbuot sharhlari 28.01.2014


Sabah gazetasi, “Erdog’an saylov g’olibi Chipras haqida fikr bildirdi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Yunonistonda o’tkazilgan muddatdan avvalgi saylov natijalari haqida fikr bildirganini yozdi.
Erdog’an, “Davlatlar o’rtasidagi aloqalarning davom etishi muhimdir. Hukumatga kim tayinlanishidan qat’iy nazar, Turkiya-Yunoniston aloqalarining ravnaqini ta’minlash va mustahkamlashtirish bizning ustuvor vazifamizdir. Shuning uchun aytib o’tmoqchimanki, saylov natijalari barchaga hayr olib kelsin”-dedi.
Milliyat gazetasi, Yunonistondagi Radikal sotsialist partiyasi a’zolari Turkiyada partiyalar va ijtimoiy media orqali Yunonistondagi saylov jarayoniga ko’rsatilgan e’tibordan mamnun ekanini yozdi.
Turkiya jamoatchiligining katta e’tibori 40 yoshdagi navqiron Syriza partiyasi rahbarini hayajonlantirdi.
Turkiyaning e’tiboridan hayratlanganini tilga olgan yosh yunon siyosatchi Chipras bu e’tiborni quvonarli va jasoratlantiruvchi deb baholadi.
Aksham gazetasi, “Yangi tabiiy gaz tarmog’ining mas’uliyati 2016 yili Turkiya qo’lida” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Rossiyaning Gazprom shirkati direktori Aleksey Miller, “Rossiyadan Turkiyaga 63 milliard kuba metr tabiiy gazga mo’ljallangan yangi tarmoqda 2016 yilning dekabr oyidan boshlab gaz berila boshlashini ma’lum qilganini yozdi.
Mavzuga doir rejada, Yevropa İttifoqi Turkiya chegarasigacha quriladigan boshqa tabiiy gaz quvur tarmog’i orqali rus tabiiy gazini olishi nazarda tutilmoqda.
Yeni shafak gazetasi, Turkiyaning Hakkari viloyati qish turizmi markaziga aylanganini yozdi.
Qish faslida oppoq qorga bulangan baland tog’lari va yaylovlari bilan turizmga hissa qo’shgan Hakkari asosan yechim jarayoni asosida hukm surgan tinchlik muhitida qishki sport shaydolariga mezbonlik qilmoqda.
Sabah gazetasi, Turkiyaning Hatay viloyatida dexqonchilik bilan shug’ullangan 54 yoshdagi Hatija Peko’z qisqa metrajli fil’mga stenariya yozganini xabar qildi.
Turkiya Madaniyat va turizm vazirligiga murojaat qilgan Peko’z, ulardan ijobiy javob kelgan taqdirda, To’rtyo’l tumanida milliy kurash paytida otilgan “Dastlabki o’q” nomli qisqa metrajli fil’mni tasvirga tushiradi.
Hatija Peko’z dexqonchilik bilan shug’ullanishiga qaramasdan, 9 ta hikoya kitobi va yuzlab she’rning muallifi…



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar