Matbuot sharhlari 25.01.2014

Star gazetasi, “Qotil qaysi dindan bo’lsa ham qotildir” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anning terrorizmga doir izohlariga o’rin berdi.

196753
Matbuot sharhlari 25.01.2014




Erdog’an, “Terror jinoyati sodir qilganlar qaysi dindan bo’lishidan qat’iy nazar terroristdir, qotildir, vahshiydir. Chunki, natijada qurbon bo’lgan begunoh insonlardir”-dedi.
Terrorizmga va terroristlarga nisbatan yaxshi fikr bildirilmasligini tilga olgan Erdog’an, “Qotil hristian, yahudiy yoki musulmon bo’lishidan qat’iy nazar u bir qotildir”-dedi.
Yeni shafak gazetasi Muhammad payg’ambar karikaturalarini chop etgan “Charlie Hebdo” jurnaliga qarshi Diyarbakirda namoyish o’tkazilganini yozdi.
Gazetaning yozishicha, “Payg’ambar shaydolari uyushmasi” tomonidan tashkil qilingan namoyishga Diyarbakir va atrofdagi shaharlardan to’plangan jami 10 mingdan ziyod aholi qatnashdi.
Xabar turk gazetasi muzey va tarixiy maskanlardan tushgan daromad rekord darajada ortish ko’rsatganini yozdi.
Turkiya Madaniyat va turizm vaziri O’mer Chelik muzey va tarixiy ziyorat maskanlaridan davlat hazinasiga tushgan foyda o’tgan yilga nisbatan 39% ortganini ma’lum qildi.
Bu ortish bilan turizm va tarixiy ziyorat maskanlaridan olinishi maqsad qilingan mablag’ yana ham yuqori darajaga ko’tarilgan.
Milliyat gazetasi dunyoning eng katta yer osti shahrini yuzaga chiqarish faoliyatlari davom etganini yozdi.
Nevshehir xokimi Hasan Unver Turkiyaning jannatmakon turizm markazlaridan biri bo’lgan Nevshehirda topilgan yer osti shahrida tekshiruv o’tkazdi.
Mazkur yer osti shahrining ahamiyatiga to’xtalgan Hasan Unver, xorijlik turistlar ziyorat qilgan maskanlardan biri Kapadokiya turizmning eng katta markazlaridan biri ekanini tilga oldi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar