Matbuot Sharhlari

Turk matbuoti sharhlari...

196439
Matbuot Sharhlari

Sabah gazetasi: “Prezident Erdog’an, janozada, Saudiya Arabistonning yangi Qiroli bilan ayni qatordan joy oldi”.
Efiopiya ziyoratidan so’ng Saudiya Arabistonga qarab yo’l olgan Prezident Erdog’an, vafot etgan Qirol Abdullah ibn Abdulazizning janoza marosimiga qatnashdi. Janoza namozida, yangi Qirol Selmon ibn Abdulaziz va Qirol oilasi bilan ayni qatordan joy olgan Erdog’an, marosim ortidan Jibutiga safar qildi. Turkiyada, Qirol Abdullah uchun, bir kun “motam kuni” deb e’lon qilindi.


Star gazetasi: Bosh vazir Ahmet Davuto’g’luning: “Kuchli Turkiyadan qorqyapdilar”.
Ushbu gazeta bergan habarga ko’ra, Davosta so’z olgan Bosh vazir Ahmet Davuto’g’lu, Turkiyaning Yevropa İttifoqi tarkibiga kirishi uchun kerakli shartlarni o’rinlaganini aytar ekan,”İlgari, Turkiya, Yevropa İttifoqiga kirishi uchun kambag’allik qiladi, Yevropa İttifoqiga yuk bo’ladi” deya so’z qilinar ekan hozirda “Turkiya, Yevropa İttifoqi bilan butunlashishi uchun judayam kuchlidir” demoqdalar. Ular, qabul qilmay qoya qolsinlar. Turkiya kelajakda ham kuchli bo’lishni davom ettiradi” dedi.

Shveytsariyadagi turklarga ham hitop etgan Davuto’g’lu, “Yevropa İttifoqiga dinimiz bilan, urf-odatimiz bilan, boshimizni tikka qilib, ko’tarib kiramiz” deya gapirdi.


Milliyet gazetasi: Bosh vazir Ahmet Davuto’g’lu: “Yevropalik ishsizlar Turkiyaga kelishsin”.
Ushbu gazeta ma’lum qilishicha, Zurichda yashagan turklar bilan uchrashgan Davuto’g’lu, “Tarixda, turk iqtisodiyoti g’urbatchi fuqarolarining valyutalariga muhtoj holatda edi. Endi esa Yevropaliklarning, ishchi kuchiga ehtiyojlari bo’lganida ularning, bu ehtiyojini qondira oladigan kuchga ega, buyuk Turkiya bor” deya gapirdi.


Hurriyet gazetasi: “Foizlarning pasayishi davom etadi”.
Markaz banki raisi Erdem Bashchining Davosdagi izohatiga ko’ra, kelgusi davrlarda inflyatsiya va real foiz stavkalarining pasayishi davom etadi.
Shuningdek Bashchi, Turk lirasi foizlarining kelgusi jarayoni haqidagi batafsil ma’lumotlarini seshanba kuni, Anqarada o’tkazadigan matbuot anjumanida bildiradi.


Vatan gazetasi: “Dunyoning eng tez rivojlanayotgan 2-shahari, bu, İzmir shahari”.
AQShning tadqiqot muassasalaridan Brookings instituti va JP Morgan Chase tomonidan tayyorlangan “Global Metro Monitor 2014” hisobatiga ko’ra, İzmir, dunyoning eng tez rivojlanayotgan ikkinchi shahari deb tanlangan.


Haber gazetasi: “Dunyo tomini oshib, 67 yoshida rekord o’rnatdi”.
Kanadada politehnik instituti o’qituvchisi va havaskor turk dengizchisi Erkan Gursoy, o’zi yasagan qayiq bilan 10 oy safar qilib natijada Shimoliy darvozani muvaffaqiyatli oshib o’tdi. Shunday qilib u, Kanadada, Shimoliy darvozani kechib o’tgan eng qariya dengizchi unvoniga ega bo’ldi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar