“Air Berlin” aviakompaniyasi oxirgi safarini amalga oshirdi

Yoz oylarida bankrot bo’lganligi haqida bayonot bergan Germaniyaning "Air Berlin" aviakompaniyasi, bir necha firmaning taklifi ortidan "Lufthansa" tomonidan xarid qilib olingan edi.

835956
“Air Berlin” aviakompaniyasi oxirgi safarini amalga oshirdi

Germaniyaning “Lufthansadan” keyingi eng yirik aviakompaniyasi hisoblangan “Air Berlin” oxirgi safarini amalga oshirdi.

“Air Berlin”ning oxirgi safariga guvohlik qilmoqchi bo’lgan ko’pchilik poytaxt Berlindagi “Tegel” nomidagi aeroportga bordi.

Aviakompaniya oxirgi safari Myunxen-Berlin yo’nalishida edi.  

“Air Berlin” oxirgi uzoq safarini joriy yilning 16-oktabri kuni Amerika Qo’shma Shtatlarining Mayami shahridan Dyusseldorf aeroportiga qaratgan edi.

Yoz oylarida bankrot bo’lganligi haqida bayonot bergan “Air Berlin”, bir necha firmaning taklifi ortidan “Lufthansa” tomonidan xarid qilib olingan edi.


Tanlangan kalimalar: #Air Berlin , #bankrot , #Germaniya , #aviakompaniya

Aloqador xabarlar