Kruiz kemasi orqali Bodrumga 539 nafar yo‘lovchi keldi

Kruiz kemasi orqali Mug‘la viloyatiga qarashli Bodrum tumaniga 539 nafar yo‘lovchi keldi.

2153945
Kruiz kemasi orqali Bodrumga 539 nafar yo‘lovchi keldi

Turkiyaning Mug‘la viloyatiga qarashli Bodrum tumaniga Bagamadan «Crystal Symphony» va «Emerald Azzurra» kemalari orqali 539 nafar yo‘lovchi keldi.

Rodos portidan kelgan 238 metr uzunlikdagi «Crystal Symphony» kemasida ko‘pchiligi amerikalik 445 nafar yo‘lovchi bilan 492 nafar xodim bor edi. Kemadan tushgan yo‘lovchilar pasport tekshiruv ishlari ortidan sayyohlik hududlarini aylanib chiqdilar.

Kema bugun kechqurun tumandan yo‘lga chiqib, Aydin viloyatining Kushadasi tumanidagi portga boradi.

Kushadasidan keyin Bodrumga qarab yo‘l olgan 110 metr uzunlikdagi «Emerald Azzurra» kemasida esa ko‘pchiligi amerikalik bo‘lgan 94 nafar yo‘lovchi bilan 76 nafar xodim bor.

Ular bojxona tartib - qoidalaridan so‘ng tarixiy joylar bilan bozorlarga borib, savdo – sotiq qildilar.


Tanlangan kalimalar: #Bodrum , #Kruiz kemasi , #yo‘lovchi

Aloqador xabarlar