Turkiya bilan Jazoir savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazmoqchi

Oʻmer Boʻlat: Turkiya bilan Jazoir, 10 milliard dollarlik savdo hajmiga erishish yoʻlida qat’iy qadamlar tashlamoqda.

2155421
Turkiya bilan Jazoir savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazmoqchi

Savdo vaziri Oʻmer Boʻlatning qayd etishicha Turkiya bilan Jazoir, 10 milliard dollarlik savdo hajmiga erishish yoʻlida qat’iy qadamlar tashlamoqda.

Turkiya 55 – Xalqaro Jazoir yarmarkasida faxriy mehmon sifatida ishtirok etmoqda. Oʻmer Boʻlat ushbu tadbirda ishtirok etish uchun Jazoirga borar ekan shu fursatdan foydalanib Jazoir Savdo hay’ati ochilish marosimida qatnashdi.

Oʻmer Boʻlat unda soʻzlagan nutqida, Jazoir bilan oʻzaro savdo hajmining 6,3 milliard dollar ekaniga e’tibor qaratib:

“Bu koʻrsatkich biz erishgan eng yuqori koʻrsatkichdir. Oʻzaro savdo hajmimiz joriy yilning 5 oyida oʻtgan yilning xuddi shu oyiga nisbatan 8 foizga oshib, taxminan 2,7 milliard dollarni tashkil etdi. Qoʻshma savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazish uchun qat’iy qadam tashlamoqdamiz. Yaqin kunlarda ikki mamlakat oʻrtasida imtiyozli savdo bitimi muzokaralari boshlanishi haqidagi xushxabarni yetkazmoqchiman”, - degan ifodalarga oʻrin berdi.



Aloqador xabarlar