S&P Turkiyaning reyting darajasini pasaytirib ko’rsatmoqda

S&P xalqaro reyting agentligi bilan Turkiya o’rtasida 2012-yildan beri hech qanday shartnoma bo’lmasligiga qaramay agentlik Turkiyaning kredit reytinglarini kuzatishni davom ettirmoqda.

534492
S&P Turkiyaning reyting darajasini pasaytirib ko’rsatmoqda

Turkiya bilan bo’lgan shartnomasi 2012-yili bekor qilingan“Standard&Poors” (S&P) xalqaro reyting agentligi kecha Turkiyaning reyting darajasini pasaytirib “BB+” ni “BB” deya o’zgartirdi va ko’rinishini esa negativ deya baholadi.

G’aznachilik boshqarmasi bilan 2012-yildan beri shartnomasi to’xtatilganiga qaramay Turkiyaning kredit reytinglarini kuzatishni davom ettirgan S&P xalqaro reyting agentligi, Turkiya bilan shartnomasi mavjud “Fitch Ratings” va “Moody's” xalqaro reyting agentligidan farqli olaroq Turkiyani investitsiya qilish kuchiga ega emas deya ko’rsatayotgan edi.

Nomi tilga olingan agentlik kechagi baholashida Turkiyaning reytingini yana-da pasaytirib, ko’rinishini esa negativ deya baholadi. Fitch Ratings” bilan “Moody's” esa Turkiyani investitisiya qilish kuchiga ega deya baholamoqda.

Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, S&P reyting agentligining, Turkiyaning kredit ballini pasaytirishi to’g’risidagi shoshqaloq say-harakatining tushiniksiz ekanligini aytdi.

Shuningdek Zeybekchi twitter orqali,   

“Hukumat sifatida investitsiyani, ishlab chiqarishni va eksportni orttirish to’g’risidagi islohatni yaqin kunlarda qanunga kiritamiz. Har doim bo’lganidek Turkiya ham real iqtisodiyotda, ham moliya sohasida kerakli qadamlarni tashlashni davom ettiradi” dedi.



Aloqador xabarlar