Yunoniston yangi islohot dasturini havola qildi

Yangi islohot dasturi ertaga evro hududi moliya vazirlari tomonidan muhokama qilinadi.

378216
Yunoniston yangi islohot dasturini havola qildi

Yunonistonqarz bergan davlatlarga yangi islohot dasturini havola qildi.
Hukumat hamkorlari bilan Bosh vazir Aleksis Chipras o’rtasida olib borilgan tig’iz muzokaralardan so’ng, islohot bo’yicha kelishuv yo’lga qo’yildi.
Yunonistonga berilgan muhlat to’lishi bilan yangi islohot dasturi evro hududi davlatlariga topshirildi.
Yangi islohot dasturida soliqlarning ortishi va davlat harajatlarida 12 milliard evro qiymatida tejamkorlik nazarda tutilmoqda.
Yunon xalqi yakshanba kuni o’tkazilgan referendumda 8 milliard evro qiymatida cheklovga qarshi ovoz bergan edi.
Hukumatning yangi islohotidagi cheklov referendumda qarshilik ko’rsatilgan miqdordan katta bo’lishi yunon hukumatida o’zaro tortishuvlarga sabab bo’ldi va ba’zi vazirlar yangi taklifga qarshi chiqdi.
Mazkur dasturning bugun Yunoniston parlamentida ovozga qo’yilishi kutilmoqda.
Yangi islohot dasturi ertaga evro hududi moliya vazirlari tomonidan muhokama qilinadi.
Yakshanba kuni esa, bu davlatlarning rahbarlari Brusselda to’planib, yakuniy qaror beradi.
İslohot dasturiga doir takliflar evro hududi tomonidan qoniqarli deb topilmasa, qaytarish ehtimoli bor.
Ertaga bo’lib o’tadigan yig’ilishda yangi islohot dasturini muhokama qilishdan tashqari, Yunonistonning evro hududidan chiqishi boshqa Yevropa davlatlariga qanday ta’sir ko’rsatishi ham muhokama qilinadi.
Yunonistonning bonkrotga uchramasligi uchun katta moliyaviy qutqaruvga ehtiyoji bor.
Ohirgi moliyaviy yordamni olmagan Yunoniston IMFga to’lashi zarur bo’lgan qarzini to’lay olmadi.
Bonkrot bo’lish ehtimoli bo’lgan mamlakatda banklar 13 iyulgacha xizmat bermaydi.
Yunon hukumati banklarda dushanba kunigacha yetadigan miqdorda pul borligini va mamlakatda oziq-ovqat va yoqilg’i zahirasi jihatidan qiyinchilik yo’qligini bildirmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar