Yunoniston Moliya vaziri o’z vazifasidan iste’fo etdi

Varufakisning aytishicha, Yevropa Ittifoqi tarkibidagi ba’zi vazirlar uni chetlatishga harakat qilgan. Bu esa uning o’z vazifasidan iste’fo etishiga sabab bo’lgan.

333913
Yunoniston Moliya vaziri o’z vazifasidan iste’fo etdi

Yunoniston Moliya vaziri o’z vazifasidan iste’fo etdi.
Yunonistonda qarz bergan davlatlarning naqd pulning kelishini takror ta’minlash evaziga shart qilib qo’ygan iqtisodiy cheklov kecha referendumda ovozga qo’yildi.

Ushbu referendumdan so’ng kutilmagan o’zgarish yuzaga keldi.
Moliya vaziri Yanis Varoufakis qarz bergan davlatlarning shartlari qabul qilinmagan referendumdan so’ng o’z vazifasidan iste’fo etdi.
Varufakisning aytishicha, Yevropa Ittifoqi tarkibidagi ba’zi vazirlar uni chetlatishga harakat qilgan. Bu esa uning o’z vazifasidan iste’fo etishiga sabab bo’lgan.
“Moliya vaziri lavozimimdan bugun o’z xohshim bilan iste’fo etyabman”-deya ta’kidlagan Varufakis, Yunoniston Bosh vaziri Aleksis Chiprasni va yangi moliya vazirini qo’llab quvvatlashni davom ettirishini tilga oldi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar