G‘azo takror ocharchilikka duchor boʻlishi mumkin

G‘azodagi hukumat, G‘azo shahri va G‘azo sektori shimolida takror ocharchilik kuzatila boshlashi mumkinligi ustidan ogohlantirdi.

2144663
G‘azo takror ocharchilikka duchor boʻlishi mumkin

G‘azodagi hukumat Isroilning chegara darvozalarini bekitishi va insonparvarlik yordamlari olib kirilishiga monelik qilishi natijasida, G‘azo shahri va G‘azo sektori shimolida takror ocharchilik kuzatila boshlashi mumkinligi ustidan ogohlantirdi.

Mavzu haqida G‘azo hukumati Matbuot xizmati tomonidan ma’lumot berildi. Ushbu ma’lumotga ko‘ra Isroil armiyasi «Rafoh» chegara darvozasini bosib olishni davom etmoqda. Natijada nomi tilga olingan darvozadan insonparvarlik yordamlarini o‘z ichiga olgan yuk tashuvchi mashinalarning o‘tishiga ruxsat berilmayapdi. «Karm abu Salim» chegara darvozasida ham vaziyat xuddi shunday ekan, bu holatlar G‘azo sektoridagi insoniy inqirozning avj olishiga yo‘l ochmoqda.  

Isroil tomonidan G‘azo sektorining har tomoni qurshab olingani aytilgan bayonotda, «Ochlik, G‘azo shahri bilan G‘azo sektorining shimoliga tahdid solmoqda», - degan ifodalarga o‘rin berildi.

Isroil armiyasidan Rafoh chegara darvozasidan chekinishi talab qilingan bayonotda, chegara darvozalarining ahamiyatiga e’tibor qaratildi. Shunga ko‘ra chegara darvozalari G‘azo sektoriga yordam yetkazib berish, oziq - ovqat xavfsizligi inqirozining oldini olish va G‘azoning barcha hududlarini tahdid qilgan ocharchilikning oldini olish uchun eng to‘g‘ri va samarali yo‘ldir.

Bayonotda xalqaro hamjamiyatning, Isroildan, «Insonparvarlik yordamlarining Rafoh va Karm abu Salim chegara darvozalari orqali yetkazib berilishi, Bayt Hanun, ash – Shujaiyya va al – Mintar chegara darvozalarining takror faoliyatga o‘tishi»ni talab qilishi zarurligi ta’kidlandi.

 



Aloqador xabarlar