Rossiya «Iskander - M» raketalari orqali hujum uyushtirdi

Rossiya «Iskander - M» raketalari orqali hujum uyushtirdi va oqibati 4 kishi umriga zomin bo‘ldi.

2155764
Rossiya «Iskander - M» raketalari orqali hujum uyushtirdi

Rossiya tomonidan Ukrainaning Donetsk viloyati Pokrovsk shahriga qarshi «Iskander - M» raketalari orqali uyushtirilgan hujumda 4 kishi halok bo‘ldi, 40 kishi esa tan jarohati oldi.

Ukraina Ichki Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Rossiya armiyasining Donetsk viloyatining Pokrovsk shahriga qarshi «Iskander - M» raketalari orqali qo‘sh hujum uyushtirgani ma’lum qilindi.

Bayonotda, rus askarlari bir nuqtaga yarim soatda bir ikki marotaba zarba berganiga e’tibor qaratildi va hujum oqibatida 4 kishining halok bo‘lgani hamda 40 kishining tan jarohati olgani qayd etildi. Tan jarohati olganlardan 3 nafari esa yosh bola ekani aniqlandi.

Unda shuningdek, voqea yuz bergan joyga borgan 3 nafar politsiya xodimi esa ikkinchi hujumda tan jarohati olar ekan kamida 18 ta uyga ziyon yetkazilgani ifoda etildi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #hujum , #Iskander - M

Aloqador xabarlar