Isroil hujumlari yana 32 kishi umriga zomin bo‘ldi

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi 263 kundan beri uyushtirilgan hujumlar haqida ma’lumot berildi.

2155908
Isroil hujumlari yana 32 kishi umriga zomin bo‘ldi

Isroil armiyasi tomonidan G‘azo sektoriga qarshi 2023 – yilning 7 – oktabridan beri uyushtirilgan hujumlarda oxirgi 24 soatda falastinlik yana 32 kishi halok bo‘ldi.

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi 263 kundan beri uyushtirilgan hujumlar haqida ma’lumot berildi.

Shunga ko‘ra Isroil kuchlari tomonidan oxirgi 24 soatda G‘azo sektoriga qarshi yana 3 marotaba qatliom uyushtirilgan. Oqibatida falastinlik yana 32 kishi halok bo‘lar ekan, 139 kishi tan jarohati olgan.

Isroilning 7 - oktabrdan beri G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lganlar sonining 37 ming 658 nafarga yetgani, tan jarohati olganlar sonining esa 86 ming 237 nafar ekani ta’kidladi.



Aloqador xabarlar