Rossiya Mudofaa vazirligi: Klesheevka aholi punkti Rossiya armiyasi nazoratiga o‘tdi

Rossiya harbiy bo‘linmalarining 2022 - yilning fevral oyidan beri davom etayotgan Rossiya - Ukraina urushidagi faoliyati haqida ma’lumot berildi.

2142987
Rossiya Mudofaa vazirligi: Klesheevka aholi punkti Rossiya armiyasi nazoratiga o‘tdi

Rossiya Mudofaa vazirligi, Donetsk viloyatidagi Klesheevka aholi punkti Rossiya armiyasi nazoratiga o‘tganini ma’lum qildi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Rossiya harbiy bo‘linmalarining 2022 - yilning fevral oyidan beri davom etayotgan Rossiya - Ukraina urushidagi faoliyati haqida ma’lumot berildi.

Bayonotda,

“Janubiy harbiy guruhga qarashli askarlar, faol harakatlar natijasida Donetsk Xalq Respublikasining Klesheevka aholi punktini ozod qildi”. – degan ifodalarga o‘rin berildi.

Shuningdek bayonotda, Ukraina armiyasiga qarashli 2 ta o‘q - dori ombori yo‘q qilingani va rus havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan 34 ta insonsiz havo vositasi urib tushirilgani bildirildi.

Bundan tashqari, bayonotda quyidagi ifodalar qayd etildi:

“Harbiy amaliyot boshlanganidan beri Ukraina armiyasiga qarashli 601 ta samolyot, 274 ta vertolyot, 24 ming 498 ta insonsiz havo vositasi, 523 ta havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi, 16 ming 121 ta tank va zirhli texnika, 1307 ta koʻp stvolli raketa otuvchi jihoz, 9 ming 740 ta gaubitsa va minomyot bilan 21 ming 915 ta maxsus harbiy vosita ishdan chiqarildi”.



Aloqador xabarlar