Isroil armiyasi kechasi bilan G‘azo sektoriga qarshi yana hujum uyushtirdi

Isroil armiyasi kechasi bilan yana G‘azo sektorining turli hududlariga qarshi hujum uyushtirdi.

2153892
Isroil armiyasi kechasi bilan G‘azo sektoriga qarshi yana hujum uyushtirdi

Isroil armiyasi kechasi bilan G‘azo sektorining markaziy va janubiy hududlariga qarshi hujum uyushtirdi. Oqibatida falastinlik yana 17 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab inson tan jarohati oldi.

Isroil, xalqni och va suvsiz qo‘yish orqali buyuk falokatga yo‘l ochgan G‘azo sektoriga qarshi haligacha hujum uyushtirmoqda.

Shu doirada Nusayrat va Burayj qochqinlar lageri bilan G‘azo shahri, Dayr al - Baloh va Rafohga qarshi hujum uyushtirdi. Mazkur hujum 17 kishi umriga, o‘nlab inson sog‘ligiga zomin bo‘ldi.

Isroil armiyasi tomonidan Nusayrat qochqinlar lageriga qarshi uyushtirilgan hujumlarda halok bo‘lganlar soni 13 nafarga yetdi.

Isroil harbiy samolyotlari Burayj qochqinlar lageriga qarshi uyushtirgan hujumlarida jon bergan va tan jarohati olganlar borligi qayd etildi.

G‘azo sektori janubidagi Rafoh shahrining bir necha hududida ham Isroil askarlari tomonidan katta hujum uyushtirildi.

Nusayrat qochqinlar lageri shimolidagi qishloq xo‘jaligi yerlari, G‘azo shahridagi Tel al - Havo va az - Zaytun mahallalari ham Isroil harbiy samolyotlari tomonidan nishonga olindi.

Isroil armiyasining Nusayrat qochqinlar lageriga qarshi tong saharda uyushtirgan havo bombardimonida 7 kishi hayotdan ko‘z yumgani ma’lum qilingan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar