Isroil hujumlari yana 25 kishi umriga zomin bo‘ldi

Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi 256 kundan beri uyushtirilgan hujumlar haqida ma’lumot berildi.

2153952
Isroil hujumlari yana 25 kishi umriga zomin bo‘ldi

Isroil armiyasi tomonidan G‘azo sektoriga qarshi oxirgi 24 soatda uyushtirilgan hujumlarda falastinlik yana 25 kishi halok bo‘ldi.

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi 256 kundan beri uyushtirilgan hujumlar haqida ma’lumot berildi.

Shunga ko‘ra Isroil armiyasi tomonidan oxirgi 24 soatda G‘azo sektoriga qarshi yana 3 marotaba qatliom uyushtirilgan. Oqibatida falastinlik yana 25 kishi halok bo‘lar ekan, 80 kishi tan jarohati olgan.

Isroilning 2023 – yilning 7 - oktabridan beri G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lganlar sonining 37 ming 372 nafarga yetgani, tan jarohati olganlar sonining esa 85 ming 452 nafar ekani ta’kidladi.

G‘azo hukumati Matbuot xizmati tomonidan, G‘azo sektoridagi ochlik inqirozi haqida ma’lumot bo‘lishildi.

Unda, G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazib berish imkoni bo‘lmagani uchun 3 ming 500 nafar yosh bola o‘lim xavfi ostida ekani qayd etildi.

 



Aloqador xabarlar