Falastin davlatini tan olish haqidagi bayonotlar xursandchilik bilan qabul qilindi
Norvegiya, Irlandiya va Ispaniya xalqaro huquq va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining tegishli qarorlariga muvofiq, 1967 - yilgi chegaralar asosida, 28 – may kuni Falastinni tan olishlarini ma’lum qildi.
![Falastin davlatini tan olish haqidagi bayonotlar xursandchilik bilan qabul qilindi](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/b3b0/29f6/df5a/663dfd970ef82.jpg?time=1718762940)
Falastin yetakchiligi Norvegiya, Irlandiya va Ispaniyaning Falastin davlatini tan olishlari haqidagi bayonotlarini xursandchilik bilan qabul qildi.
Falastin yetakchiligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda:
“Bu qarorlar Falastin xalqining o‘z zaminida o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqining tan olinishi va muammoning ikki davlat asosida hal qilinishi jihatidan alohida oʻringa ega”, - degan ifodalarga oʻrin berildi.
Falastin davlatini hanuz tan olmagan davlatlardan oʻz mas’uliyatlarini bajarishga va Falastin xalqining oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqini tan olishlari tarafdori ekanliklari ifoda etilgan bayonotda:
“Hali hanuz Falastin davlatini tan olmagan dunyo davlatlari, ayniqsa Yevropa davlatlarini xalqaro qonun va 1967 – yilgi chegara asosida, xalqaro miqyosda qabul qilingan ikki davlatli yechim yoʻliga munosib tinchlik oʻrnatishni qoʻllab – quvvatlashga hamda xalqaro huquq qoidalarini mustahkamlash yoʻlini tanlagan Norvegiya Qirolligi, Irlandiya Respublikasi va Ispaniya yoʻlini tanlab Falastin davlatini tan olishga chaqiramiz”, - deyildi.
Falastin yetakchiligi, ushbu bosqichga erishishda hissa qoʻshgan qardosh va doʻst davlatlar bilan xalqlarga chuqur minnatdorchilik bildirdi.
Eslatib oʻtamiz:
Norvegiya, Irlandiya va Ispaniya xalqaro huquq va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining tegishli qarorlariga muvofiq, 1967 - yilgi chegaralar asosidai 28 – may kuni Falastinni tan olishlarini ma’lum qilgandi.
Aloqador xabarlar
![Makron bilan Borik G‘azoda butunlay o‘tashkesim yoʻlga qoʻyilishi keraklini ta’kidladi](http://cdn.trt.net.tr/images/medium/rectangle/d311/944d/a62e/6671554d4d921.jpg?time=1718762941)
Makron bilan Borik G‘azoda butunlay o‘tashkesim yoʻlga qoʻyilishi keraklini ta’kidladi
Makron bilan Borik kecha poytaxt Parijdagi Elysee saroyida uchrashdi.