Yaponiya janubida 6 magnitudali zilzila ro'y berdi
Epitsentri Ogasavara orollari yaqinida bo'lgan 6 magnitudali zilzila 50 kilometr chuqurlikda qayd etilgan.
2142169
Yaponiya poytaxti Tokio janubida joylashgan Ogasavara orollari yaqinida mahalliy vaqt bilan soat 09:39 da 6 magnitudali zilzila ro'y berdi.
Yaponiya meteorologiya boshqarmasi bayonotiga ko'ra, epitsentri Ogasavara orollari yaqinida bo'lgan 6 magnitudali zilzila 50 kilometr chuqurlikda qayd etilgan.
Zilziladan keyin tsunami haqida ogohlantirilmagan.
Ekvadorda ham 5,2 magnitudali zilzila yuz berdi.
AQSh Geologik xizmati 5,2 magnitudali zilzila epitsentri El-Oro provinsiyasidagi Pinas shahri bo‘lgan, 88 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
Zilzila oqibatida qurbonlarning yo'qligi ma'lum qilindi.
Aloqador xabarlar
Philippa Greer G‘azodagi oxirgi vaziyatga e’tibor qaratdi
Isroil hujumlari yuzasidan falastinlik yana 34 kishi halok bo‘ldi