Isrollik vazir falastinliklarni ochlikdan o'ldirish bilan etnik tozalashga chaqirdi

Ishg'ol ostidagi Sharqiy Quddusda to'plangan isroillik bosqinchilarga xitob qilgan o'ta o'ngchi Milliy Xavfsizlik vaziri Itamar Ben Gvir janjali  chaqiriq bilam  butun G'azoga kirishlari kerakligini aytdi.

2153064
Isrollik vazir falastinliklarni ochlikdan o'ldirish bilan etnik tozalashga chaqirdi

 

Isroil kuchlari G'azo sektorida qirg'inni davom ettirmoqda.

Isroil bosqinchilari ham falastinliklar ko‘chib ketishga majbur bo‘lgan hududlarga ko‘z tikmoqda.

Ishg'ol ostidagi Sharqiy Quddusda to'plangan isroillik bosqinchilarga xitob qilgan o'ta o'ngchi Milliy Xavfsizlik vaziri Itamar Ben Gvir janjali  chaqiriq bilam  butun G'azoga kirishlari kerakligini aytdi.

Gvir "falastinliklarni ochlikdan o'ldirish va ularni migratsiyaga "rag'batlantirish" orqali mintaqada etnik tozalashga chaqirdi.

Ben Gvir, shuningdek, Isroil qo‘shinlari tomonidan vayron qilingan falastinliklarning uylarida faqat isroillik bosqinchilar turar-joy qurishi kerakligini aytdi.

Isroil vaziri Itamar Ben-Gvir avvalroq  ham Falastinliklar haqidagi shov-shuvli bayonotlari bilan noroziliklarga sabab bo'lgan edi.

Yahudiy bosqinchilarga qarshi politsiya hamrohligida Masjidul Aqsaga uyushtirgan reydlari bilan ham tanilgan Isroil vaziri, u  hatto Isroil qamoqxonalaridagi tirbandlikni kamaytirish uchun falastinliklarni qatl qilishni taklif qilgan.



Aloqador xabarlar