Philippa Greer G‘azodagi oxirgi vaziyatga e’tibor qaratdi

Isroil hujumlari yuzasidan falastinlik yana 34 kishi halok bo‘ldi

2153188
Philippa Greer G‘azodagi oxirgi vaziyatga e’tibor qaratdi

Isroil armiyasi tomonidan G‘azo sektoriga qarshi 2023 – yilning 7 – oktabridan beri uyushtirilgan hujumlarda oxirgi 24 soatda falastinlik yana 34 kishi halok bo‘ldi.

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi 252 kundan beri uyushtirilgan hujumlar haqida ma’lumot berildi.

Shunga ko‘ra Isroil kuchlari tomonidan oxirgi 24 soatda G‘azo sektoriga qarshi yana 4 marotaba qatliom uyushtirilgan. Oqibatida falastinlik yana 34 kishi halok bo‘lar ekan, 71 kishi tan jarohati olgan.

Isroilning 7 - oktabrdan beri G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lganlar sonining 37 ming 266 nafarga yetgani, tan jarohati olganlar sonining esa 85 ming 102 nafar ekani ta’kidladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik Qochqinlarga yordam beruvchi agentligining (UNRWA) Huquqiy masalalar bo‘yicha rahbari Philippa Greer, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali G‘azodagi vayronagarchilik tasvirlarini bo‘lishdi. Greer unda, «Bu insonlarning uylari, eng sevimli kafelari, bog‘lari, maktablari. Hammasi yer bilan yakson bo‘ldi». – degan ifodalarga o‘rin berdi.

 



Aloqador xabarlar