Izzaddin al-Qassam brigadalari, Isroil askarlarni o'ldirganliklarini e'lon qildi

Izzaddin al-Qassam brigadalari, Falastin qarshilik harakati HAMASning harbiy qanoti, G'azo sektoridagi to'qnashuvlarda ko'plab isroillik askarlarni o'ldirganliklarini va Isroil armiyasining transport vositalarini yo'q qilganliklarini e'lon qildi.

2141536
Izzaddin al-Qassam brigadalari, Isroil askarlarni o'ldirganliklarini e'lon qildi

 

 

Izzaddin al-Qassam brigadalari, Falastin qarshilik harakati HAMASning harbiy qanoti, G'azo sektoridagi to'qnashuvlarda ko'plab isroillik askarlarni o'ldirganliklarini va Isroil armiyasining transport vositalarini yo'q qilganliklarini e'lon qildi.

Qassam Brigadalarining Telegram hisobidan qilingan yozma bayonotda, Islomiy Jihodning harbiy qanoti Quds Seriyyelari  bilan birgalikda G'azo sektorining shimolidagi jibaliya qochqinlar lagerida Isroil armiyasiga qarshi birgalikda hujumlar uyushtirilgani bildirildi.

Jibaliya lageridagi Shahid Imad Akl masjidi orqasida joylashgan Isroil askarlari bilan Falastin qarshilik jangchilari to'qnashgani, Isroil askarlari orasida o'lgan va yaralanganlar borligi qayd etildi.

El-Albani ko'chasidagi to'qnashuvda isroillik askarlarning halok bo'lgani, El-Ajarime ko'chasida esa Isroil armiyasiga tegishli "Merkava" tipidagi tankning portlatilgani ma'lum qilindi.

Qassam Brigadalaridan Cibaliya lagerining sharqida Isroil armiyasiga tegishli 2 tank nishonga olingani, lagerning shimolidagi Isroil qo’shini bo’linmalari esa “Yasin-105” raketalari bilan nishonga olingani ko’rsatilgan tasvirlar tarqatildi.

G'azo shahrining Tel el-Heva tumani janubidagi Netzarim koridorida bir Isroil askari snayper hujumi bilan nishonga olindi. Isroil janubidagi Sderot shahriga raketa hujumlari haqida xabar berilgan.

G'azo sektorining janubidagi Rafah shahrida, Rafah chegara darvozasida Isroil askarlariga qarshi minomyotdan hujum uyushtirilgani bildirildi.

Rafahning sharqida Isroil askarlari va Isroil armiyasiga tegishli avtomobillar nishonga olingani bildirildi.

Isroil armiyasi 6 may kungi bayonotida Rafahning sharqidagi ba’zi mahallalarni evakuatsiya qilishni so’ragan, u yerdan majburan ko’chirilgan falastinliklar boshpana topgan.

7 may kuni ertalab G'azoning Rafah hududiga quruqlikdan hujum uyushtirib, Misr bilan chegara darvozasining G'azo tomonini qo'lga kiritganini e'lon qilgan edi.

Isroil armiyasi tomonidan ishg'ol qilingan hudud G'azoga insonparvarlik yordamining asosiy o'tish joyi hisoblanadi. Misr chegarasidagi Rafah chegara punkti, G'azo sektoridagi falastinliklar xorijga sayohat qilish uchun foydalanadigan yagona o'tish eshigi.  

Isroilning 2023-yil 7-oktabrdan beri G’azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida kamida 15 ming 103 nafari bola, 9 ming 849 nafari ayol bo’lgan 35 ming 456 nafar falastinlik halok bo’ldi, 79 ming 476 nafari yaralandi.

Vayronalar ostida hali ham minglab qurbonlar borligi xabar qilinar ekan, odamlar boshpana topgan shifoxona va ta’lim muassasalari nishonga olinib, fuqarolik infratuzilmasi ham vayron qilinmoqda.

 



Aloqador xabarlar