G‘azodagi bedarak yo‘qolgan falastinliklarga e’tibor qaratildi

G‘azodagi Harbiy bo‘lmagan mudofaa yetakchiligi, yozma ravishda bayonot berdi.

2134015
G‘azodagi bedarak yo‘qolgan falastinliklarga e’tibor qaratildi

Isroil tomonidan 7 - oktabrdan beri G‘azo sektoriga qarshi hujumlar uyushtirilmoqda. Shuning oqibatida paydo bo‘lgan vayrongarchilik ostida qolib ketgan 10 ming nafardan ortiq insonning bedarak yo‘qolgani aytilmoqda.

G‘azodagi Harbiy bo‘lmagan mudofaa yetakchiligi, mavzu haqida yozma ravishda bayonot berdi.

Unda, Isroil hujumlari boshlagan 2023 – yilning 7 - oktabridan beri vayronalar ostida haligacha 10 ming nafardan ortiq inson bo‘lishi mumkinligi ifoda etildi. Shuningdek, tegishli xodimlar ularga erisha olmagani bois, sog‘liqni saqlash vazirligining halok bo‘lganlar ro‘yhatiga ham kiritilmagani qayd etildi. 

Bayonotda, G‘azoda bedarak yo‘qolgan insonlar ham doxil halok bo‘lganlar sonining 44 ming nafardan oshganiga e’tibor qaratildi.

Xodimlar yetishmasligi va asbob – uskunalar kamligi tufayli qidiruv - qutqaruv ishlarining 2-3 yil davom etishi mumkinligi aytilgan bayonotda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti rasmiylarining G‘azo sektorida Isroil hujumlaridan kamida 37 million tonna shag‘al qolganini taxmin qilganliklari bildirildi.

Minglab jasadning vayronalar ostida to‘planishi tufayli yuqumli kasalliklarning tarqalishi mumkinligi ustidan ogohlantirilgan bayonotda, yoz oylarida havo harorati ko‘tarilishi bilan jasadlarning chirish jarayoni tezlashishiga e’tibor qaratildi.

 


Tanlangan kalimalar: #G‘azo , #falastinliklar , #Isroil

Aloqador xabarlar