Kolumbiyada sodir etilgan hujumda 6 kishi tan jarohati oldi
Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro hujumga munosabat bildirib, armiyaga operatsiya o'tkazishni buyurdi.
![Kolumbiyada sodir etilgan hujumda 6 kishi tan jarohati oldi](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/a5ef/6fcc/c48a/664c41301a41e.jpg?time=1718346300)
Kolumbiya janubi-g'arbida politsiya xodimlariga qarshi sodir etilgan hujumda 6 kishi tan jarohati oldi. Ulardan 2 nafari politsiyachi.
Kavka ma'muriy hududidagi Morales shahrida mehmonxona yaqinida politsiya xodimlariga qarshi qo'lbola bomba otilgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hujumni mototsiklda kimligi noma'lum shaxslar amalga oshirgan.
Portlashdan ko'p o'tmay, politsiya bo'limiga avtomat qurollar bilan o't ochilgan.
Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro hujumga munosabat bildirib, armiyaga operatsiya o'tkazishni buyurdi.
Kolumbiya ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan xabarga ko'ra, hujum uchun FARCning sobiq a'zolaridan iborat Estado Mayor Central (EMC) a'zolari javobgar deb topilgan.
Mamlakat prezidenti Petro 22-mart kuni FARCning sobiq yetakchilaridan biri Ivan Mordiskoni qo‘lga olishga buyruq bergandi va u bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatgandi.
Aloqador xabarlar
![Floridada suv toshqini tufayli “favqulodda holat” e’lon qilindi](http://cdn.trt.net.tr/images/medium/rectangle/cda9/2c88/6db9/666aa329a0851.jpg?time=1718346301)
Floridada suv toshqini tufayli “favqulodda holat” e’lon qilindi
Meteorologiya xodimlari Floridada yomg'ir yana bir necha kun davom etishini taxmin qilmoqda.