Erondagi gaz quvurida portlash yuz berdi

Quvurning Burucin-Lordigan-Huzistan qismida gaz ta’minoti to‘xtatilgan. Voqea joyida qutqaruv va o‘t o‘chirish brigadalari ishlamoqda.

2102208
Erondagi gaz quvurida portlash yuz berdi

 

Eronning Borujen shahridagi magistral gaz quvurida portlash va yong‘in sodir bo‘ldi.

Bu haqda davlat televideniyesi shahar hokimi Fattoh Karmiyga tayanib xabar bermoqda.

Quvurning Burucin-Lordigan-Huzistan qismida gaz ta’minoti to‘xtatilgan. Voqea joyida qutqaruv va o‘t o‘chirish brigadalari ishlamoqda.

"Quvurlarda gaz tugaguniga qadar olov yonadi", dedi shahar hokimi Fattoh Karmiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.

Qo‘shimcha qilishicha, gaz quvuri yaqinidagi yo‘ldan o‘tayotgan transport vositalariga ham zarar yetmagan.

Kilometrlab uzoqdan eshitilgan kuchli portlash sabablari haqida hozircha hech qanday izoh yo'q.


Tanlangan kalimalar: #Eron

Aloqador xabarlar