G'azo sektorida 2,2 million aholi ocharchilik xavfi ostida

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi G'azodagi oziq-ovqat tanqisligi tufayli yuzaga kelgan gumanitar inqiroz haqida bayonot berdi.

2089657
G'azo sektorida 2,2 million aholi ocharchilik xavfi ostida

 

O'tgan yilning 7 oktyabridan beri Isroilning shiddatli hujumlari ostida bo'lgan G'azo sektorida 2,2 million aholi ocharchilik xavfi ostida ekani ma'lum qilindi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi G'azodagi oziq-ovqat tanqisligi tufayli yuzaga kelgan gumanitar inqiroz haqida bayonot berdi.

Bayonotda, G'azoda 2,2 million kishining ocharchilik xavfi ostida ekanligi, 378 ming kishining esa Integratsiyalashgan Oziq-ovqat xavfsizligi bosqich tasnifi (IPC) shkalasiga ko'ra, "falokat" deb atalgan 5-darajali ochlik bilan yuzlashayotgani qayd etildi.

Qolaversa, 939 ming kishi favqulodda holat deb atalgan 4-darajali ochlik bilan yuzlashgani, Isroil hujumlari tufayli mintaqa bo'ylab 1 million 900 ming kishining ko'chirilganligi va ularning ko'pchiligi vaqtinchalik chodirlarda va lagerlarda yashayotgani ta'kidlandi. 


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #G'azzo

Aloqador xabarlar