Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga axlat solingan havo sharlarini uchirdi

Ularning ichida turli xil chiqindilar – plastik butilkalar, batareyalar, poyabzal qismlari va hatto go‘ng bor edi. Bu haqda Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasiga tayanib, "Yonhap" agentligi xabar berdi.

2145878
Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga axlat solingan havo sharlarini uchirdi

 

Shimoliy Koreya 150 dan ortiq sharlarni chegara orqali Janubiy Koreyaga yubordi. Ularning ichida turli xil chiqindilar – plastik butilkalar, batareyalar, poyabzal qismlari va hatto go‘ng bor edi.

Bu haqda Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasiga tayanib, "Yonhap" agentligi xabar berdi.

Harbiylarning ma’lum qilishicha, havo sharlari kecha, 28 may kuni kechqurun uchirilishi boshlangan. Chegarani kesib o‘tgandan so‘ng, ob’ektlar butun mamlakat bo‘ylab turli joylarga tushib, Janubiy Kyonsan provinsiyasining janubi-sharqigacha yetib bordi.

To‘plar batafsil tahlil qilish uchun yig‘ib olindi.

“Shimoliy Koreyaning bu harakatlari xalqaro huquqni ochiqdan-ochiq buzadi va xalqimiz xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi. Biz KXDRni o‘zining g‘ayriinsoniy va qo‘pol harakatlarini zudlik bilan to‘xtatishga chaqiramiz”, deya qo‘shimcha qildi shtab.

Janubiy Koreyadagi faollar guruhi 13-may kuni Shimoliy Koreyaga Pxenyan ma’muriyatiga qarshi tashviqot varaqalari bo‘lgan 20 ga yaqin katta sharlarni yuborgandi. 

Shundan so'ng, Shimoliy Koreya ham o'ch olishi haqida ogohlantirib, chegara hududlarida "qog'oz chiqindi va axlat" sochishini ma'lum qilgandi.

Janubiy Koreyaning birlashish vazirligi faollardan bunday qilmaslikni so‘radi.

 


Tanlangan kalimalar: #Janubiy Koreya , #Shimoliy Koreya

Aloqador xabarlar